Mobiuz chiroyli raqamlarni arzonlashtirdi

  •   DiMaX
  •  6978
  •  09.06.2020 09:49

Mobiuz chiroyli raqamlarni arzonlashtirdi

Mobiuz (sobiq Universal Mobile SystemsUMS) aloqa operatori Silver Light va Silver toifalaridagi chiroyli raqamlarning narxlarini o‘zgartirdi. Kompaniya bu haqda o‘z rasmiy sayti orqali xabar bergan.

O‘QING: UzMobile va Mobiuz'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tarif rejalari bilan tanishing

Endilikda abonent to‘lovi oyiga 40 000 so‘m va undan yuqori bo‘lgan tarif rejasiga ulanilganida, Silver Light va Silver toifalaridagi chiroyli raqamlar arzonroq bo‘ladi. Tarif rejasi qancha katta bo‘lsa, raqam shuncha arzonroq.

Tegishlicha miqdordagi abonent to‘loviga ega jismoniy va yuridik shaxslar uchun tarif rejalariga ulanayotganda, alohida toifadagi raqamlar uchun quyidagicha narxlar belgilanadi:

Yillik abonent to‘loviga ega bo‘lgan tarif rejalari uchun esa, to‘lovi oyiga 500 000 so‘m va undan yuqori bo‘lgan tarif tanlanganida, Steel Light, Steel, Bronze, Silver Light, Silver toifalaridagi chiroyli raqamlar BEPUL bo‘ladi!

Operator bunda o‘ziga yarasha shartlarni qo‘ygan, ular bilan tanishish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Operator bilan tezkor bog‘lanish sirlarini bilasizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!