«Momo» yana kuchaya boshladi, lekin YouTube unga qarshi kurashning zo‘r yo‘lini topdi!

  •   DiMaX
  •  3126
  •  02.03.2019 14:45

«Momo» yana kuchaya boshladi, lekin YouTube unga qarshi kurashning zo‘r yo‘lini topdi!

2018 yilning yozida WhatsApp messenjeri orqali «Momo» vasvasasi tarqalgani yodingizda bo‘lsa kerak. O‘shanda profiliga shu qo‘g‘irchoq rasmini qo‘yib olganlar bolalarni qo‘rqitib, o‘ziga va boshqalarga ziyon yetkazishga undagani aytilgan edi.

O‘QING: Diqqat: IIBB mash’um virtual o‘yindan ogohlantiradi – qurbonlar bor!

2019 yilning fevraliga kelib, «Momo» qo‘g‘irchog‘i yana ommalasha boshladi, lekin bu gal endi YouTube’da. Bu qiziqishlar to‘lqiniga ota-onalarning shikoyatlari sabab bo‘ldi – ular bolalarini «Momo» qo‘rqitayotgani va o‘ziga hamda boshqalarga ziyon yetkazishga undayotganidan nolishdi. Bu esa zanjir reaksiyasini keltirib chiqardi: kishilar buni muhokama qilishdi, OAVlar shu haqda yozishdi.

Shu sababli ham YouTube’da ayni mavzuga bog‘liq ko‘plab roliklar paydo bo‘ldi. Ularning mualliflari shu yo‘l bilan munozaralarga aralashish, o‘z kanaliga tashriflar sonini oshirish va buning asosiysi – evaziga reklamadan mo‘may daromad olishni ko‘zlashgan.

Lekin videoxosting servisi ma’muriyati bunga chek qo‘yishning yaxshi yo‘lini topdi: «Momo» aks etgan va shu mavzudagi videolarda reklama ko‘rsatmaydigan bo‘lishdi. Demakki, kanal muallifiga pul ham tushmaydi va u «Momo» vahimasini ko‘tarishdan manfaatdor bo‘lmaydi. YouTube shu yo‘l bilan bu mavzuga qiziqishni kamaytirishga bel bog‘lagan. Shuningdek, bunday videolavhalar ijrosi oldidan, tomoshabinni mazkur rolikda nojo‘ya materiallar mavjudligidan ogohlantiruvchi e’lon ham chiqadi.

O‘QING: «O‘lim guruhlari»: qachon boshlangan, nega aynan ko‘k kit, buyruqlarni bajarmasa nima bo‘ladi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!