Monitorni to‘g‘ri parvarish qilish yo‘llari

Monitorni to‘g‘ri parvarish qilish yo‘llari

Monitorni qanday tozalash kerak?

Siz bilan monitorni parvarish qilish to‘g‘risida gaplashamiz. Axir monitor internet dunyosini ko‘rishda yordam beruvchi vositadir. Ba’zan juda ko‘p foydalanuvchilar, ayniqsa yangi foydalanuvchilar(kompyuter bilan ishlashni endi boshlaganlar) kompyuter va monitorni to‘g‘ri parvarish qilishni bilishmaydi.

Monitor umrini uzaytirish uchun, quyida berilgan bir necha qoidalarga amal qilish kifoya:

№1 qoida – Bu juda muxim, bu qoidani unutmang! Xech qachon monitor ekranini tozalashda spirt, atseton, oyna tozalovchi va boshqa shunga o‘xshash tozalash vositalaridan foydalanmang. Spirt va tarkibida spirt bo‘lgan vositalar monitorga salbiy ta’sir qiladi. Bular monitorning asl xolatini buzilishiga sabab bo‘ladi.

Monitor tozalash uchun maxsus vositalarni kompyuter do‘konida mutaxassislar yordamida tanlash mumkin. Vosita tarkibida monitorga zarar yetkazmay uni bakteriyalarga karshi xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan – alkilpoliglikoziddan foydalanish mumkin.

uxod_monitor_1

Monitor tozalash vositasi xidsiz bo‘lgani ma’qul. Agar xid mavjud bo‘lsa, tarkibiga spirt qo‘shilganligi extimoli mavjud. Monitor tozalash vositasi tarkibini e’tibor bilan o‘qing!

№2 qoida – maxsus salfetkalardan foydalaning! Ekranni xar turini tozalashga mo‘ljallangan maxsus mato (mikrofiber)dan foydalanilgan salfetkalarni tavsiya qilaman. Mikrofiber – juda kichik(mikro) diametr qalinlikdagi yangi avlod mikrotola matosidir. Bu mato paxta tolasidan 30 marta, inson sochidan esa 100 marta ingichka. Monitorni yanada samarali tozalaydi(do‘konlarda bormi yo‘qmi bilmiman, lekin internet do‘konlarda mavjud).

uxod_monitor_2

Nam salfetka tarkibida spirt yo‘qligiga ishonch xosil qiling!

№3 qoida – monitor orqasida joylashgan shamollatish (ventilyasiya) teshiklarini to‘sib qo‘ymang. Ular monitor qizib ketmasligi hamda ichida xavo yaxshi almashinishi uchun mo‘ljallangan.

№4 qoida – monitor ekraniga kir barmoqlar bilan tegmang. Bu qoidaga amal qilmasangiz monitor ekrani kirlanib, uni tozalash kiyin buladi va tez yaroqsiz xolatga keladi. Bu degani monitor yonida ovqatlanmang!

№5 qoida – monitor ekranini 100% yorug‘ligidan foydalanmang! Ancha ravshan ekran monitor umrini qisqartiradi va ko‘zlarga nojo‘ya ta’sir qiladi. Shuning uchun yorug‘likni qulaylik darajasida kamaytiring.

monitor_yarkiy

Shunday qilib bu oddiy qoidalar yordamida monitorni uzoq vaqt davomida butun saqlash va kompyuter qarshisida samarali ishlashingiz mumkin bo‘ladi. Maqola http://infodengy.ru/ saytidan tarjima qilindi.

Manba: ITportal.uz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.