Monopoliyaga qarshi idora sudda Facebook’dan Instagram va WhatsApp’ni sotib yuborishni talab qildi

  •   DiMaX
  •  377
  •  12.12.2020 09:00

Monopoliyaga qarshi idora sudda Facebook’dan Instagram va WhatsApp’ni sotib yuborishni talab qildi

AQSh Federal savdo komissiyasi (FTC) Facebook ustidan sudga da’vo arizasini kiritdi. Bu to‘g‘rida Meduza xabariga tayanib Sof.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Nihoyat, bu ilova TikTok’ni yengib o‘tib, dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi!

Regulyatorning fikricha, kompaniya uzoq yillardan beri «istiqbolli raqiblar»ni sotib olishni o‘z ichiga olgan «tizimli strategiya» doirasida «ijtimoiy tarmoqlardagi monopoliya liniyasini noqonuniy ravishda qo‘llab-quvvatlab kelmoqda».

FTC tomonidan sudga kiritilgan da’voda Facebook kompaniyasiga Instagram va WhatsApp ilovalarini sotish, shuningdek, kelajakda bu kabi servislarni sotib olishga ruxsat so‘rash majburiyatini yuklash so‘ralgan.

FTC’ning da’vo arizasiga 46 ta shtatning prokurorlari hamda Kolumbiya va Guam okrugi prokurorlari qo‘shilgan.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda umuman kutilmagan ijtimoiy tarmoq 1-o‘ringa chiqdi! (+infografik video)

Eslatib o‘tamiz, Facebook kompaniyasi WhatsApp messenjerini 2014 yilda 19 milliard dollarga, suratlar bilan almashishga mo‘ljallangan Instagram’ni esa 2012 yilda milliard dollarga sotib olgan.

2019 yilning mayida Facebook asoschilaridan biri Kris Xyuz New York Times’ga yozgan kolonkasida Facebook, Instagram va WhatsApp’ni bir-biridan mustaqil kompaniyalarga ajratib tashlashni taklif qilib, AQSh hukumatini ijtimoiy tarmoqlar ta’sirini cheklashga chaqirgan edi. O‘shanda Mark Sukerberg Facebook’dan unga tegishli WhatsApp va Instagram’ni alohida kompaniya qilib ajratib tashlash, ijtimoiy tarmoq oldida turgan muammolarni yechishga yordam bermasligini ma’lum qilgan.

O‘QING: Instagram'da eng ko‘p folloverga ega akkauntlar TOP 20 taligi bilan tanishing

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.