Monster iSport Strive va Monster iSport Victory quloqchinlari: intil va g‘olib bo‘l!

Monster iSport Strive va Monster iSport Victory quloqchinlari: intil va g‘olib bo‘l!

Sport quloqchinlari kimlar uchun ishlab chiqariladi? Faqat sport bilan shug‘ullanuvchilar uchunmi?  Yo‘q, faqat ular uchun emas. Sifatli audiodevays ishqibozlari va musiqani jon dildan sevib, yaxshi quloqchinlarda tinglashni xush ko‘ruvchilar uchun, deyilsa ham xato bo‘lmaydi. Qolaversa, bu yorqin dizaynli quloqchin muxlislari uchun ham birdek taalluqli.

Quloqchin, birinchi galda bejirim, chiroyli va albatta, musiqani sifatli chiqarib bera olishi kerak. Ana shunday talab har bir quloqchinga tegishli. Jumladan, iSport turkumidagi Monster quloqchinlariga ham. Biz bugun mazkur eshitish moslamalarining ayrim jihatlari haqida ma’lumot bermoqchimiz.

Monster iSport Strive / Monster iSport Victory`ning texnik tavsifi

  • Tip: dinamik
  • Konstruksiya: vkladish/ichki kanalga ega
  • Akustik shakl: yopiq
  • Shovqin ixotasi: o‘rtacha/yuqori
  • Terdan himoya: ha
  • Yuvish mumkin: faqat o‘rnatiluvchi qismini/quloqchinning o‘zini
  • Kabel: olib qo‘yilmaydigan 3,5 mm konnektorli 1,2 m uzunlikda
  • Mikrofonli DN pult: ha
  • Quloqqa mahkam o‘rnashishi: ha
  • Og‘irlik: 20/21 g.

Quti va komplektatsiya

Ikkala model ham qalin kartondan ishlangan qutiga ega. Firmaga xos dizayni, shakli va magnitli ilgagi – juda chiroyli ko‘rinishda.

1

Jamlanmada quloqchinning o‘zidan tashqari to‘r g‘ilof, simni kiyimga mahkamlash uchun maxsus qistirgich, turli o‘lchamdagi almashtiriladigan uchliklar (nasadka – quloqchinning o‘zidagisi bilan birga har bir model uchun uchta juftdan, Monster iSport Victory modelida esa yana besh juft silikondan ishlangan vstavkalari ham bor), juda ham mayda harflarda bosilgan, lekin smartfonlarning turli markalari uchun pultnning funksiyalarini o‘qib olsa bo‘ladigan hujjatlar, qolaversa, ular bilan ishlab chiqaruvchining saytida ham tanishish mumkin.

Tashqi ko‘rinishi va konstruksiyasi

Monster iSport Strive uch xil (qora, moviy va olovrang),  iSport Victory — ikki xil (yorqin sariq-yashil va qora) rangda ishlab chiqariladi. Har ikkala modelda ham simlari olinmaydi, uzunligi 1,2 metr, yassi, uchta tugmachali ControlTalk pulti  (ovoz balandligini sozlagich va mikrofon bilan) bor. Seriya nomi boshida  «i» bilan boshlansa-da, u Android-smartfonlar bilan ham juda yaxshi ishlaydi.

Har ikkala model ham firmaning SportClip uchliklari bilan komplektlangan, ammo ularning tuzilishi bir-biridan farq qiladi, chunki Strive va Victory`ning korpuslari har xil.

Strive`da namlik va terdan himoya faqatgina silikondan ishlangan uchliklar bilan cheklangan – ularni ovoz tarqatgichdan yechib olib, sovun bilan yuvish mumkin. Victory`da esa sal boshqacharoq – quloqchinning o‘zini yuqsa ham bo‘ladi. Xatto shteker ham namlikka chidamli, shu bois u tillarang qilib ishlangan. Bundan tashqari, tavsifida keltirilishicha, quloqqa kirib turadigan detallar bakteritsidli qoplamaga ega.

Ishlab chiqaruvchi tomonidan chastotalar diapazoni, impedans, sezgirlik, drayverlar diametri va boshqalar haqida biror bir texnik ma’lumotlar taqdim etilmagan. Faqat shu narsa ma’lumki, quloqchinlarda firmaning maxfiy Pure Monster Sound texnologiyasi qo‘llanilgan. Shuningdek iSport Victory modelida qo‘llaniladigan narsalar OmniTip kabi eksklyuziv konstruksiyaga ega. Xatto tovush izolyasiyasi ham uchliklar diamterining aniq tanlangani hisobiga Pro-Sound brend nomini olgan.

iSport Strive ko‘proq nafaqat bog‘larda, balki umumiy foydalanishdagi yo‘llarda ham yuradigan velosipedchilarga mos keladi. Axir aytishadi-ku, atrofingda nima bo‘layotganini eshitib turganga nima yetsin, deb.

Monster iSport Victory quloqchinlari esa bu jihatdan universal: uchliklarning besh xil o‘lchami anatomik farqlarning deyarli barcha diapazonini qoplab oladi. Chunki, o‘lchamning to‘g‘ri tanlanishi nafaqat tutib yurishning qulayligi va quloqda mustahkam  turishiga, balki tovushga ham, ayniqsa past chastotalarda, ta’sir ko‘rsatadi. Victory ichki kanalli turga mansub bo‘lgani bois, sport zalda yoki dalada bir soat tinmay yugurasizmi, shuncha vaqt tinmay velosiped pedalini aylantirasizmi, quloqchinlar o‘z joyida mustahkam turadi. Farqi yo‘q – hammasi joyida bo‘ladi.

Tovush

Odatdagidek, eshitib ko‘rish ikki bosqichda o‘tkazildi: birinchisi– quloqchinlar uchun kuchaytirgichi bo‘lgan statsionar apparatda, ikkinchisi– Samsung Galaxy S4 (GT-i9505) smartfonida. Musiqiy dastur tanlashga kardio-mashg‘ulotlar paytida tinglashga mos keladigan ritmik kompozitsiyalarga ustuvorlik berildi. Bundan tashqari, tinglab qo‘rish dasturiga yana bir albom Casualties of Cool (Devin Townsend va qo‘shiqchi Ché Aimee Dorval`ning hamkorligi mahsuli) qo‘shildi.

Ma’lumki, past chastotalarda tovush quloqchinning quloq chanog‘iga qanchalik mahkam o‘rnashganiga bog‘liq bo‘ladi. Past chastotalarda yuqori samaraga erishish uchun membrana va quloq pardasi o‘rtasidagi havo hajmi yopiq bo‘lishi kerak. Qoplamali va qamrab oluvchi quloqchinlarda bunga uchini bosish hisobiga, ichki kanallilarida esa – rezina uchlikning eshitish kanaliga mahkam o‘rnashishi orqali erishiladi. Vkladishlarda izolyasiyaning yetarli darajada bo‘lishiga faqat quloq suprasi va quloqchin korpusi o‘zaro mos kelgandagina erishish mumkin. Ana shunday moslikka ega baxtli insonlraga esa havas qilish mumkin xolos.

Bizning holatimizda iSport Strive “yengil” sado taratdi. Baslarni eshitish mumkin, ular tiniq, ammo ularning balandligi yetarli emas. Yuqorilari esa biror bir “ayyorliklar”siz ham joyida edi. Juda ham e’tibor qilinsa, o‘rta chastotalarda ayrim noteksiliklarni sezish qiyin emas. Ammo ular hamyonbop modellarga qo‘yiladigan talablar doirasidan past emas. Aytish kerakki, bunday “yengillik” kamer kuylari janrlari uchun juda ham mos keladi, xatto unga darrov ko‘nikib qolish ham mumkin. Axir kimgadir bunday shaffof va “atmosferaviy” tovush ma’qul keladi-da. Bundan tashqari, ana shunday saund odatiy me’yor hisoblangan musiqiy janrlar ham yo‘q emas.

iSport Victory modeli bu jihatdan nafaqat universal, balki shu bilan birga, moslashuvchan ham – vstavkalarning to‘g‘ri o‘lchamdagisi tanlansa, kifoya. Quloqchin mahkam, chuqur va artikulyar jihatdan yaxshi o‘rnashadi. Ba’zi bir yozuvlarda, masalan – Bill Wyman`da ular aksentlangan va xatto salgina ortiqchadek ham ko‘rinadi, lekin tovushning bunday holati bugungi moda talablariga to‘la mos keladi. Raqsbop elektronika muxlislariga ushbu devayslar ma’qul kelishi aniq. Amalda, diametri salgina kichikroq bo‘lgan uchlik o‘rnatib, pastki qismidagi ko‘tarilib qolishni bartaraf etish mumkin. Yuqori – tekis, shaffof, me’yoridagi axboriy: quloqchinlar biz eshitishimiz kerak bo‘lmagan narsalarni yetkazib bermaslikka harakat qiladi. Ammo eshitishimiz kerak bo‘lgan narsani to‘liq hajmda olamiz.

Har bir modelning o‘ziga xos xarakteri barcha manbalarda saqlanib qoladi. Statsionar va mobil qurilma o‘rtasidagi farq ko‘proq yuqori chastotalarda namoyon bo‘ladi, ya’ni: to‘liq o‘lchamli komponentlar bilan ular toza, batafsilroq, aniqroq, saundning o‘zi esa umuman olganda, tabiiylikka yaqin. Smartfon esa nisbatan yumshoqroq va u qadar ishlanmagan sadoni yetkazib beradi, ammo tinglashdan olinadigan lazzat aslo kam bo‘lmaydi. Anglab yetganingizdek, iSport Victory nisbatan tiniq, tekis va “to‘g‘ri” sado berishi bilan ajralib turadi, bu quloqchinlar sifat va daraja jihatidan iSport Strive`dan yuqoriroq turadi. Nima bo‘lganda ham, Monster iSport ning har ikkala modeli smartfon uchun yengilgina yuklama bo‘ldi – buni eshitiladigan buzilishlar mavjud emasligida ham, balandlik zahirasida ham ko‘rish mumkin. Bu, albatta, bejiz emas. Chunki mazkur devayslar portativ texnika uchun mo‘ljallangan. Monster`ning yaratuvchilari esa ko‘p yillik tajriba va zamonaviy texnologiyalarga ega. Shu bois, ko‘pchiligimizga ma’qul keladigan tovush xarakterini topishni yaxshi bilishadi.

Xulosa

Birincha galda, sport quloqchinlari yugurish, velosipedda sayr qilish, kardio-mashg‘ulotlar hamda ko‘chada va zalda kechadigan boshqa faol harakatlar uchun musiqiy jo‘rovoz sifatida juda ham mos keladi. Albatta, ularning yordamida dunyo tanigan va tan olgan gitarachilarning ijodini ham tinglash mumkin, ammo ular uchun ko‘proq dinamikroq narsalar mos keladi.

Shuni yodda tutish kerakki, Monster iSport Strive  modeli zalda olib boriladigan sokin va o‘rtacha mashg‘ulotlar uchun mos. Shuningdek atrofda nimalar bo‘layotganini va murabbiyning ko‘rsatmalarini eshitib turish zarur bo‘lgan holatlarda qo‘l keladi. O‘z tuzilishi va quloq teshigiga mahkam kirib turmasligi bois, ular “jarangdor” bas va elektronika muxlislariga ma’qul kelmasligi aniq.  Monster iSport Victory  modelida esa baslar borasida muammo yo‘q. Boshqa diapazonlar ham yaxshi jaranglaydi.

Shu o‘rinda ular yuqori darajada tovush izolyasiyasini ta’minlashini e’tiborga olish kerak: ularni yarim tunda qorong‘u ko‘chalarda taqib yurish tavsiya qilinmaydi. Xatto siz karate bo‘yicha qora belbog‘ sohibi bo‘lsangiz ham. Ular asosan sershovqin sport zalida va ko‘chada sport bilan shug‘ullanganda musiqa tinglash uchun mo‘ljallanganligini unutmaslik kerak.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.