Montaj mo‘’jizalari: gugurt cho‘pli «fokus»lar videosi internet ahlini lol qoldirdi!

  •   DiMaX
  •  1116
  •  16.08.2021 17:18

Montaj mo‘’jizalari: gugurt cho‘pli «fokus»lar videosi internet ahlini lol qoldirdi!

Yaponiyalik dizayner kadrma-kadr animatsiya texnikasi bo‘yicha mahoratini namoyon etish uchun oddiy gugurt cho‘plari va qog‘ozlardan foydalandi. Natijada yuzaga kelgan videolavha esa ijtimoiy tarmoqlarda hayratlarga sabab bo‘ldi.

O‘QING: Videomontaj oson bo‘lishi kerakmi?

Tomoxiro Okadzaki o‘zi dizayner bo‘lishi bilan birga, Swim nomli grafik dizayn va animatsiya studiyasiga rahbarlik ham qiladi. U videomontaj texnikasidan foydalanib, oddiy buyumlar vositasida ajoyib rolik yaratdi:

Ko‘rib turganingizdek, animatsiya avvalida sodda tryuklar ko‘rsatilgan, ular tobora murakkablariga almashib boradi. Bunaqa videoni qayta-qayta tomosha qilish va har gal yangicha zavqlanish mumkin.

O‘QING: Android'da video montaj uchun 10 ilova