Montblanc aqlli bloknot tayyorlamoqda

Montblanc aqlli bloknot tayyorlamoqda

Premium kanselyariya mahsulotlari va aksessuarlar ishlab chiqaradigan mashhur nemis kompaniyasi Montblanc o‘zini gadjetlar bozorida sinab ko‘rmoqchi. Avvalroq Montblanc Samsung Galaxy Note4 uchun eksklyuziv stilus va har qanday soatni smart-soatga aylantiradigan bog‘ichni ishlab chiqqan edi. Kompaniya ayni vaqtda Berlindan o‘tkazilayotgan ko‘rgazmada o‘zining Augmented Paper nomli smart-bloknotini namoyish etdi. Ta’kidlash kerak, bu kompaniyaning shaxsiy mahsuloti emas, balki Wacom Bamboo Spark bloknotining qayta ishlangan versiyasidir.

22TxbdCbwrJFsuLoLaJrHwh3SgZtLGQtz1kdTK7Xw33R8UApDfTrbfhxy6Zgz2iCrjecqSbyz2pQY

Montblanc gadjetni yaratishda elektromagnit-rezonans bazasidagi texnologiyadan foydalangan. Foydalanuvchi elektron panel ustiga qo‘yilgan bloknot qog‘ozida maxsus ruchka bilan yozganida, uning qaydlari avtomatik tarzda raqamli formatda saqlanib boradi.

22TxZdAgY9rmsO5wZJZz2AqFAxpS5z0VmCEtDBoHtAz077mTNFsaVfK6K

 

Montblanc ruchkasi StarWalker qatoridagi model asosida tayyorlangan, bloknotning dizayni esa toza Italiya charmi qo‘llaniladigan Urban Spirit uslubida yaratilgan. Montblanc gadjet uchun Wacom kompaniyasiga tegishli mobil ilovani ham o‘ziga moslab qayta dasturlagan.

22TxZdAgY9rmsObwV7z1Fnz1Pz11UH17hqOqYZy8JK5M4dYKz2o1D3cyliZz0ohNgTZ0umz1jBdUTJnWXTTnJ

 

Augmented Paper bloknoti 12 tilda yoziladigan qo‘lyozma yozuvlarni (ular ichida rus tili ham bor) raqamli formatda saqlay oladi. Bloknotga o‘rnatilgan batareya sakkiz soatli ish yoki 100 betli qaydlarni yozishga yetadi. Kiritilgan qaydlar avtomatik ravishda smartfonga uzatiladi.

Aqlli bloknotning narxi – 725 dollar.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!