Moto Z4 smartfonining rasmiy renderlari e’lon qilindi

Moto Z4 smartfonining rasmiy renderlari e’lon qilindi

O‘tgan yili sotuvga chiqarilgan Moto Z3 smartfoni flagmanlik statusiga ega bo‘la olmadi. Sababi, unga o‘sha vaqtda eng aktual bo‘lib ulgurgan Snapdragon 845 protsessori o‘rniga nisbatan eskiroq bo‘lgan Snapdragon 835 o‘rnatildi.  Bu yil Moto Z3 bilan ham shunga o‘xshash tarix takrorlanishi mumkin. Bu gal xatto Qualcomm’ning 800 lineykasidagi protsessorlar haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Insayder Evan Bless tomonidan taqdim qilingan, rasmiy render ham yangi qurilmaning flagmanlikka da’vo qilmasligini bildirib turibdi.

Ayni damdagi flagmanlar ikkitadan to‘rttagacha, o‘rtacha uchtadan kameraga ega bo‘lgan bo‘lsa, Moto Z4’da asosiy kamera faqat bitta moduldan iborat. Gap so‘zlarga qaraganda bu – 48 megapiksellik sensor bo‘lib, Quad Pixel texnologiyasi yordamida 12 megapiksellik sifatli tungi suratlar ola biladi. Baribir, hech qanday keng burchakli, optik zumli va ToF kameralar Moto Z4 smartfonida bo‘lmaydi.

Harqalay, «tomchisimon» kemtik old panelda nisbatan kichik maydonni  egallagan. Shu asnoda smartfon bulturgi modelga qaraganda mukammallashgan. Va nihoyat yangi smartfon Moto Mods ulanishini qo‘llab quvvatlaydi va USB-C porti va quloqchin uchun standart tirqishga ega bo‘lgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!