Mototsiklga aylanuvchi dron-transformer atigi 37 dollardan sotilyapti

  •   DiMaX
  •  1617
  •  20.04.2020 16:33

Mototsiklga aylanuvchi dron-transformer atigi 37 dollardan sotilyapti

AliExpress onlayn savdo platformasida sotilayotgan Pimpimsky H6 rusumli dron boshqalaridan tubdan farq qiladi. Ya’ni, u transformer konstruksiyali bo‘lib, mototsiklga ham aylana oladi!

O‘QING: Kalashnikov dronlarga qarshi yangi qurolini namoyish etdi (+video)

Pimpimsky H6 modeliga 0.3 megapiksellik kamera o‘rnatilgan. Yana balandlikni, o‘zining havodagi holatini va hokazolarni aniqlaydigan datchiklari mavjud.

Qurilmaning akkumulyatori 3.7 volt kuchlanishdagi 650 mA/soatlik tok sig‘imiga ega. Uning to‘la quvvati 8 daqiqa uchishga yoki «mototsikl» rejimida 15 daqiqa yurishga yetadi. Dronning batareyasi microUSB porti orqali 60-70 daqiqada to‘ladi.

Pimpimsky H6 o‘lchami 17.1x15.1x6.6 santimetrlik bo‘lib, 500 gramm tosh bosadi. Ushbu «uchar mototsikl»ni 50 metrgacha masofadan boshqarish mumkin.

Pimpimsky H6 dronini, kamera mavjudligi va jamlanmasidan kelib chiqib, 37 dollardan 48 dollargacha narxda AliExpress orqali sotishyapti. Ammo unga buyurtma berishni tavsiya etmaymiz – O‘zbekistonda dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

O‘QING: DXX ushlagan dron chegaradan nima olib o‘tayotgan edi?