Motorola bu yil bir emas naqd ikkita buklamafon tayyorlamoqda

Motorola bu yil bir emas naqd ikkita buklamafon tayyorlamoqda

Chig'anoqli buklanadigan smartfonlar yoxud Flip buklamafonlar bozori bu yil avjiga chiqadigan ko'rinadi – Motorola tez orada o'zining bir emas, naqd ikkita Razr buklamafonlarini taqdim qilishga tayyorlanmoqda.

Yaqinda Internetda Motorola'ning "Razr Lite" deb nomlangan buklamafoni renderlari tarqaldi. Ulashilgan suratlarga ko'ra, u orqa tomonida kamera bilan ulangan kichik qo'shimcha ekranga ega va bu dizayn Galaxy Z Flip 4 smartfonini eslatib yuboradi.

Ma'lum bo'lishicha, bu Motorola'ning bu yilgi Razr 40 buklamafonlari seriyasidagi boshlang'ich model bo'lib, u "Razr 40" nomi bilan sotuvga chiqarilishi mumkin.

Razr 40 seriyasi yulduzi, katta ehtimol bilan "Razr 40 Ultra" yoki "Razr+" deb nomlanadigan buklamafon esa Motorala'ning bu yilgi asosiy Razr buklanadigan smartfoni bo'ladi. Ushbu model orqa tomonida ancha katta – rasmiy ma'lumotlarga ko'ra 3.5 qo'shimcha dyuymli qo'shimcha displeyga ega bo'ladi. Ta'kidlash joizki, bu hozirgi Flip buklamafonlar bozoridagi eng katta orqa ekran bo'ladi.  

Ulashilgan renderlardan ko'rish mumkinki, Razr 40 Ultra'ning qo'shimcha ekrani buklamafon orqa tomoni yuqori qismini deyarli to'liq egallagan. Hatto kameralar ham ekran ichiga olingan.

Moto Razr 40 Ultra'ning narxlari ham uning rang variantlari va xotira konfiguratsiya bilan birga oshkor bo'ldi: bo'lajak Moto Razr 40 Ultra buklamafoni 8/256 GB  xotira konfiguratsiyasida "Glacier Blue", "Viva Magenta" va "Phantom Black" ranglarida 1202.93 yevro (≈1339 dollar) narxda xalqaro bozorga sotuvga chiqariladi.

Moto Razr 40 seriyasi o'tgan yilgi Razr buklamafonlaridan ancha avvalroq – iyun oyida taqdim qilinishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.