Motorola Edge 20'ning renderlari paydo bo‘ldi

Motorola Edge 20'ning renderlari paydo bo‘ldi

Motorola kompaniyasi Edge 20 lineykasi ustida ishlamoqda. Xabar berilishicha, mazkur lineyka tarkibiga Edge 20, Edge 20 Pro va Edge 20 Lite modellari kiradi.

O‘QING: Motorola smartfonlarining maxfiy kodlari

Qurilmalarning birinchi ikkitasi shu oy TENAA vebsaytida rasm va bir necha texnik jihatlari bilan ko‘rinish bergandi. Bugun esa Motorola Edge 20'ning global versiyasi sifatli renderlari tarqaldi.

Global versiya Motorola Edge 20 6,7 dyuymli displey va ingichka hoshiyalarga ega bo‘ladi. Biroq renderlarni sizdirgan manbaning ta’kidlashicha, hoshiyalar rasmdagidan ko‘ra qalinroq bo‘lishi mumkin.

Ekran aniqligi FullHD+ bo‘lib, 120Hz yangilanish chastotasi va 32MP selfi kamera uchun tirqish kameraga ega bo‘ladi. Orqa panelda esa 108MP, 16MP va 8MP linzalardan iborat uchtalik kamera moduli joylashgan. Oldingi tarqalgan ma’lumotlar 16MP birlik ultrakeng linzadan foydalanishi, 8MP kamera esa telefoto linzadan foydalanib, 3x zum imkoniyatiga ega bo‘lishini tasdiqlagan edi.

Qurilmaning o‘ng tomonida ovoz nazorati va quvvat tugmalari joylashgan. Barmoq izi skaneri ham quvvat tugmasiga o‘rnatilgan.

Pastki tomondan esa USB-C porti, karnay, mikrofon, SIM karta uyasi va ikkilamchi mikrofon joy olgan. Smartfon 3.5 mm audio jekka ega emas, shuning uchun, uni zaryadlash payti faqat simsiz quloqchinlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Motorola Edge 20 Snapdragon 778G SoC'da ishlab, 6/8GB tezkor va 128/256GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Qurilma 8,9 mm (kamera bo‘rtmasi bilan esa 11,6 mm) qalinlikka ega bo‘lib, 4,000 mAs akkumulyatorda ishlaydi.

O‘QING: Motorola Edge S taqdim etildi – yap-yangi Snapdragon 870 protsessorli ilk flagman!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!