Motorola Edge 30 Fusion va Edge 30 Neo modellari taqdim etildi

Motorola Edge 30 Fusion va Edge 30 Neo modellari taqdim etildi

Motorola Edge 30 seriyasida uchta yangi smartfon taqdim etildi. Bundan oldin Ultra model bilan tanishgan edik, endigi navbat Edge 30 Fusion va Edge 30 Neo modellariga. 

Motorola Edge 30 Fusion 

Ushbu modelning noodatiy Neptune Blue rangli turining orqa paneli eko charm bilan qoplangan. Qurilmaning yana uchta boshqa rangdagi turlari mavjud bo‘lib, ularning orqa paneli shisha bilan qoplangan. 

Old tomonda Edge 30 Ultra kabi 144 gertsda ishlovchi FHD+ rezolyutsiya P-OLED displeyi joylashgan

Qurilma Snapdragon 888+ chipi bilan jihozlangan. Uning 8/12GB tezkor, 128/256/512GB doimiy xotiraga ega turi mavjud. Orqa paneldan 50MP asosiy, 13MP ultrakeng hamda 2MP sath kamera o‘rin olgan. Selfi kamera rezolyutsiyasi 32MP tashkil qiladi. 

Smartfon 4,400 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, 68 vattda quvvat oladi. Reklamada aytilishicha, qurilma 50% quvvatlanish uchun 10 daqiqa vaqt sarflaydi. 

Motorola Edge 30 Fusion bugundan sotuvga chiqadi. Uning narxi 600 yevrodan boshlanadi. Qurilma Cosmic Grey, Aurora White, Solar Gold va Neptune Blue ranglarda taqdim etildi. 

Motorola Edge 30 Neo

Xalqaro bozor uchun taqdim etilgan uchinchi smartfon - bu Motorola Edge 30 Neo. Ushbu model 120 gets chastotani qo‘llab-quvvatlovchi 6.28 dyuymli P-OLED displeyi, Snapdragon 695 5G chipi, 68 vattda quvvat oluvchi 4,020 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan.  

Smartfon orqa panelidan optik stabilizatsiyaga ega 64MP asosiy kamera, 13MP ultrakeng kamera o‘rin olgan. Old panelda esa 32MP selfi kamera joylashgan. Motorola Edge 30 Neo modelining narxi 370 yevrodan boshlanadi. 

O‘QING: Apple AirPods Pro 2 - yangilangan flagman quloqchin 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.