Motorola kompaniyasi Z Flip 4 smartfoniga raqobatchi tayyorlamoqda

Motorola kompaniyasi Z Flip 4 smartfoniga raqobatchi tayyorlamoqda

Motorola kompaniyasining yangi Razr 3 buklamafoniga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. Unga ko‘ra qurilma avvalgi forma-faktorni saqlab qoladi. 

Ross Young bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Razr 3 modeli 3 dyuymli tashqi displeyga ega bo‘ladi. Taqqoslash uchun, avvalgi model tashqi ekranning hajmi 2.7 dyuymda edi. Shuningdek, asosiy ekarnning hajmi ham 6.2 dyuymda 6.7 dyuymga oshadi. 

Razr 5G modelidan farqli ravishda yangi model kuchliroq chipda ishlaydi. Taxminlarga ko‘ra, smartfon Snapdragon 8 Gen1 chipi va 120 gertsli ekarnga ega bo‘ladi. 

O‘QING: iPhone 14 Pro Max jonli suratlarda qo‘lga tushdi!