Motorola Moto G200 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Motorola Moto G200 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Moto G100 taqdimotidan to‘qqiz oy o‘tib, aniqrog‘i, o‘tgan yilning noyabr oyida Motorola kompaniyasi Moto G200 smartfonini taqdim etgan edi. Avvalgi modelga qaraganda qurilmaning kamera, displey hamda chip qismlarida o‘zgarish kuzatilgan. 

O‘QING: Motorola Moto G51 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Moto G200 5G o‘rta narxdagi smartfon, biroq uning texnik jihatlari flagamlarga yaqin. Unga HDR10 hamda 144Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 1080p rezolyutsiyadagi 6.8 dyuymli LCD displeyi o‘rnatilgan. 

Foto: GSMArena

Qurilma eng kuchli chiplardan biri - Snapdragon 888+ bilan jihozlangan. U bilan displeydan 144 kadr/soniyada foydalanish mumkin. 

Kameraning texnik jihatlari ham yomon emas. Smartfon 108MP asosiy kamera, 13MP ultrakeng kamera hamda 2MP sath kameraga ega. 

Motorola o‘zining suv o‘tkazmaydigan dizayni bilan tanilgan va yangi G200 5G ham bundan mustasno emas. IP52 standarti unchalik ta’sirchanlikni uyg‘otmasa-da, ushbu narxdagi smartfon uchun rasmiy IP standarti bo‘lishining o‘zi ham katta ahamiyatga ega. 

Smartfon 33 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs akkumulyator bilan jihozlangan. Uning narxi taxminan 400 yevrolar atrofida. 

Motorola Moto G200 5G'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 168.1x75.5x8.9mm, 202g; Old panel shisha, orqa panel: plastik, plastik rom, IP52 standarti. 

> Displey: 6.80 dyuymli LCD, 144Hz, HDR10, 1080x2460 piksel rezolyutsiya, 20.5:9 forma faktori, 395ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888+ 5G (5 nm): Sakkiz yadroli (1x2.99 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680); Adreno 660. 

> Xotira: 8/128GB, 8/256GB; UFS 3.1. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11. 

> Kamera: Asosiy kamera: 108 MP, f/1.9, 1/1.52“, 0.7µm, PDAF; Ultrakeng kamera: 13 MP, f/2.2, 119˚, 1.12µm, AF; Sath kamera: 2 MP, f/2.4. 

> Selfi camera: 16 MP, f/2.2, (keng), 1.0µm. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30 kadr/sek, gyro-EIS; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 33 vatt quvvatlash texnologiyasi. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC. 

Moto G100 bilan taqqoslasak, yangi modeldan bir qancha xususiyatlar olib tashlangan. Bunga microSD bilan xotirani kengaytirish imkoniyati hamda 3.5 mm audio jekni misol qilib keltirish mumkin. 

Stereo dinamikning yo‘qligi ham G200 modelining raqiblariga ustunlik beradi. 

Qadoq tarkibi 

Smartfon qutisidan qurilma bilan birga 33 vatt quvvatlagich, USB-C kabeli hamda shaffof g‘ilof o‘rin olgan. 

Foto: GSMArena

O‘QING: Huawei P50 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!