Motorola Moto G51 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Motorola Moto G51 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Yangi Motorola Moto G51 5G modeli Moto G50 5G'ning yangi avlodi. Biroq yangi model eskisining taqdim etilishidan to‘rt oy o‘tib sotuvga chiqdi. 

O‘QING: Huawei P50 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Eng qizig‘i, yangilik sifatida smartfonning chipi o‘zgarganini aytishimiz mumkin. Qolgan texnik jihatlar esa o‘zgarmagan. 

Foto: GSMArena

Umumiy olganda, Motorola ko‘p o‘tmay o‘zining eng arzon 5G'ni qo‘llab-quvvatlovchi smartfonini minimal o‘zgarishlar bilan yangiladi. 

Qurilma bir vaqtning o‘zida Moto G71 hamda Moto G200 5G smartfonlari bilan birga taqdim etildi. Uni Moto G71 va G200 modellarining aralashmasi deb aytish mumkin. 

Motorola Moto G51 5G'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 170.5x76.5x9.1mm, 208g; old panel shisha, plastic korpus; IP52 standart.

> Displey: 6.80 dyuymli IPS LCD, 120Hz, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktor, 387ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM4350-AC Snapdragon 480+ 5G (8 nm): Sakkiz yadroli (2x2.2 GHz Kryo 460 & 6x1.8 GHz Kryo 460); Adreno 619. 

> Xotira: 4/64GB, 6/64GB, 4/128GB, 6/128GB, 8/128GB; microSDXC. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11 

> Kamera: Asosiy kamera: 50MP f/1.8, 1/2.76“, 0.64µm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2, 118˚, 1/4.0“, 1.12µm; Makro kamera: 2MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 13MP, f/2.2, 1.12µm (Global); 16 MP, f/2.2, 1.12µm (Xitoy).

> Video yozuv: Asosiy kamera: 1080p@30/60/240 kadr/sek; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 5,000 mAh; 20 vatt quvvatlash texnologiyasi (Hindiston) 10 vatt (Global). 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); FM radio; 3.5 mm audio jek. 

Moto G51 xuddi G200 kabi 1080x2400 piksel rezolyutsiyadagi 6.8 dyuymli IPS LCD displeyiga ega. Bundan tashqari, unga G71 modelida bo‘lgani kabi 50MP, 8MP va 2MP kameralar hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. 

Foto: GSMArena

Afsuski, smartfon faqat 10 vattda quvvat oladi holos. 20 vatt quvvatlash texnologiyasi faqat Hindiston bozori uchun ishlab chiqilgan modellarda bo‘ladi. 

Moto G51'ning narxi 230 yevrodan boshlanadi. 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi smartfonlar segmentida u boshqa qurilamalar bilan raqobatlasha oladi. Qurilma stereo dinamikka ega emas, biroq u katta hajmdagi displey va akkumulyator, shuningdek, Dolby Atmos funksiyasiga egaligi bilan ajralib turadi.

Qadoq tarkibi 

Qurilma qutisidan smartfon bilan bir qatorda 10 vattlik quvvatlash adapteri (Hindiston uchun 20 vatt), USB-C kabeli hamda shaffof silikon g‘ilof o‘rin olgan. Qadoqdagi USB-C kabel orqali ma’lumot almashish jarayonini amalga oshirib bo‘lmaydi, u faqat quvvat berish uchun mo‘ljallangan. 

Foto: GSMArena

O‘QING: Huawei P50 Pocket'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!