Motorola'ning Moto G6 oilasi smartfonlari o‘z narxiga arziydimi?

Motorola'ning Moto G6 oilasi smartfonlari o‘z narxiga arziydimi?

Kecha Motorola kompaniyasi bir qancha smartfonni taqdim etdi. Ularning ichida Moto G6 oilasi ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda. Aksariyat kuzatuvchilar va smartfon ishqibozlari ushbu oila vakillarini o‘z narxiga arziydigan xususiyatlarga ega, deya e’tirof etmoqda. Korpusning metal va shishadan ishlangani, tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llay olishi hamda namlikdan himoyanlanganlik Moto G6 smartfonlari sotilayotgan narx uchun anchayin arzirli xususiyatlar ekanligi ta’kidlanmoqda.

Smartfonlarning asosiy parametrlari quyidagicha:

Moto G6 Play

  1. Ekran — 5,7 dyuym va 1440 x 720 piksel o‘lchamli;
  2. Platforma — Snapdragon 427;
  3. Xotira — 2 yoki 3 GB tezkor xotira, 16 yoki 32 GB doimiy ichki xotira;
  4. Akkumulyator — 4000 mA/soat;
  5. Kamera — 13 megapikselli asosiy va 8 megapikselli oldi kamera;
  6. O‘lchamlar — 154 x72 x 9 mm, vazni 175 g.

O‘QING: Hamyonbop Motorola Moto G6 Play’dagi g‘ayrioddiy element nima ekan? (+video)

Moto G6

  1. Ekran — 5,7 dyuym va 2160 x 1080 piksel o‘lchamli;
  2. Platforma — Snapdragon 450;
  3. Xotira — 3 yoki 4 GB tezkor xotira, 32 yoki 64 GB doimiy ichki xotira;
  4. Akkumulyator — 3000 mA/soat;
  5. Kamera — 12 va 5 megapikselli asosiy, 8 megapikselli oldi kamera;
  6. O‘lchamlar — 154 x72 x 8,3 mm, vazni 167 g.

Moto G6 Plus

  1. Ekran — 5,9 dyuym va 2160 x 1080 piksel o‘lchamli;
  2. Platforma — Snapdragon 630;
  3. Xotira — 4 yoki 6 GB tezkor xotira, 64 yoki 128 GB doimiy ichki doimiy;
  4. Akkumulyator — 3200 mA/soat;
  5. Kamer — 12 va 5 megapikselli asosiy, 8 yoki 16 megapikselli oldi kamera (bozor joylashgan mintaqaga bog‘liq);
  6. O‘lchamlar — 160 x75,5 x 8 mm, vazni 167 g.

O‘QING: Moto G6 oilasiga mansub smartfonlar may oyida sotuvga chiqarilishi mumkin

Shuningdek, Moto G6 va Moto G6 Play smartfonlaridagi USB-C porti mavjudligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. To‘laqonli Android 8.0 dasturiy ta’minoti ham ushbu oilaning yana bir maqtana oladigan jihatidir. Smartfonlar uchun quyidagicha narx so‘ralmoqda: Moto G6 Play 200 yevro, Moto G6 250 yevro va Moto G6 Plus 300 yevro. Narxlardan qurilmalar hamyonbop ekani ko‘rinib turibdi, kompaniya ham o‘z mahsulotlarini byudjet smartfonlar sifatida targ‘ib qilmoqda. Ammo qurilmalarning texnik xususiyatlari ular byudjet smartfonlari emasligini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari ushbu oilada 6GB tezkor xotira va 128GB doimiy ichki xotiraga ega qurilmalar borligi narxlar adolatli, hattoki, biroz pastroq qo‘yilgandek ekanligini bildirmoqda.