Motorola RAZR izidan: yana ikkita xitoylik smartfonsoz «raskladushka» tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  803
  •  16.11.2019 13:19

Motorola RAZR izidan: yana ikkita xitoylik smartfonsoz «raskladushka» tayyorlamoqda

Xitoylik brend kuni kecha o‘zining birinchi buklama smartfoni –  Motorola RAZR modelini taqdim qildi. Shu paytgacha tarqalgan xabarlarda uni Motorola RAZR 2019 va Motorola RAZR V3 kabi nomlar bilan ham atab kelishayotgan edi.

O‘QING: Oppo dunyodagi ilk - ham bukiluvchan, ham kamerasi korpusdan chiquvchi smartfonni patentladi! (+Render)

Shuningdek, Samsung ham avvalroq vertikaliga buklanuvchi buklamafonni patentlagan edi. Endi esa yana ikkita mashhur kompaniya «raskladushka» form-faktorli qurilma tayyorlayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Xiaomi hatto Motorola’dan ham avval boshlagan ekan!

«Xitocha Apple» bunday smartfonga patent olish uchun 2018 yilning avgustidayoq patent arizasi bergan ekan, ammo patent idorasining saytida u o‘tgan oydagina «ko‘ringan». Chizmalariga ko‘ra, Xiaomi tayyorlayotgan qayishqoq displeyli «raskladushka» anchagina yupqa:

Umumiy form-faktori Motorola RAZR dizaynida bo‘lgan bu smartfonning qo‘shimcha ekrani kichkina, ammo old va asosiy kameralari qo‘sh datchikli.

Xiaomi’ning o‘zi bu to‘g‘rida hozircha rasman ma’lumot bermagan, uning hozirgacha chiqqan ayrim smartfonlarini esa 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan sotib olish mumkin.

O‘QING: Samsung Xiaomi'dan "o‘g‘irlasa" qanday bo‘ladi?

Xiaomi-ku mayli – u avvaldan yetakchi kompaniyalarga taqlid qilib keladi. Lekin dunyoning ikkinchi raqamli smartfonsozi – Huawei ham Motorola’ga ergashib, RAZR uslubidagi buklamafon ustida ishlayotganiga nima deysiz?

Yetakchilar ham ergashadi

Internetda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, xitoylik texnogigant Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (World Intellectual Property Organization, WIPO)ga patent arizasi bergan. Uning xususiyatlari noma’lum, lekin rasmlarda katta qayishqoq ekranli, tikkasiga bukiluvchi smartfon aks etgan:

Suratlarga qaraganda, Huawei smartfonning tashqi displeyi borasida antiqa yechim o‘ylab topgan. Qurilma yopilganida, korpusining tashqi paneli oxirigacha yopilmay, ortida qo‘shimcha ekran ko‘rinadi:

Huawei ishlab chiqayotgan «raskladushka» romsiz ekrani hamda uch modulli bittagina kamerasi bilan ham boshqalaridan ajralib turadi. Bu mahsulot borasida ham rasmiy ma’lumot yo‘q, ammo birinchi – Mate X buklamafonining ilk partiyasi yaxshi sotilganidan kelib chiqib, xitoylik gigant keyingilariga ham ilhom bilan kirishsa ajabmas.

O‘QING: Nihoyat, Huawei ham 5G-buklamafonini sota boshladi, lekin kutilganidan ham qimmat!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!