Motorola Samsung’ni plagiatda aybladi

Motorola Samsung’ni plagiatda aybladi

Motorola USA Twitter’da Samsung’ni AOD (Always On Display) funksiyasining plagiatida aybladi.

Ushbu funksiya ilk marta Samsung Galaxy S7 flagmanida paydo bo‘lgan edi. Funksiya ekranni faollashtirmasdan tez-tez kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni (vaqt, sana, kalendar va boshqalar) ko‘rish imkoniyatini taqdim etadi.

Motorola bunday funksiyani Moto X modeliga 2013 yilda tadbiq qilgan edi. O‘shanda Motorola uni Active Display deb nomlagan. Biroq Motorola Samsung’ga qarshi patentlar jangiga kirisha olmaydi.

Agar masalaga teranroq qaralsa, bunday xususiyatga ega funksiya bir necha yillar ilgari Symbian operatsion tizimida paydo bo‘lgan va Nokia N86 modeliga qo‘llanilgan edi.

Tan olish kerak,  Samsung mazkur funksiyani sezilarli darajada takomillashtirgan. Ayni paytda hatto Always On Display’ga qo‘llash mumkin bo‘lgan mavzular ham taqdim etilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.