Motorola smartfonlarining maxfiy kodlari

  •   DiMaX
  •  2111
  •  02.03.2017 09:50

Motorola smartfonlarining maxfiy kodlari

Ko‘pchilik bilsa kerak – ilk uyali aloqa aynan Motorola rusumli telefon qurilmasida amalga oshirilgan. Oradan o‘tgan yillar mobaynida bu firma turli modellarda turfa qurilmalar ishlab chiqarishda davom etmoqda, jumladan, smartfonlar ham.

O‘zbekistonda ham Motorola devayslaridan foydalanuvchilar yetarlicha miqdorni tashkil etadi. Quyida ular uchun maxfiy kodlarni e’lon qilamiz.

Avvalo shuni aytish kerakki, Android tizimidagi barcha smartfon va planshetlar uchun joriy etilgan maxfiy kodlar bu qurilmalarga ham mos keladi. Bundan tashqari, Motorola ishlab chiqargan uyali aloqa qurilmalarida maxfiy menyu ham bor, unga esa *#*#4636#*#* kodi orqali kiriladi.

Shuningdek, mana bu kodlar ham Motorola gadjetlarida tegishli menyular uchun qo‘llanadi:

*#06# – IMEI raqamini aniqlash.

*#*#786#*#* – Sozlamalarni dastlabki holatiga qaytarish.

*#*#1234#*#* yoki *#*#7873778#*#* – Super-foydalanuvchi ilovalarini ochish.

*#*#2432546#*#* – Yangilanishlarni mustaqil tekshirish.

*#*#2486#*#* – Motorola servis menyusi.

Eslatib o‘tamiz, agarda qurilmalarni sozlash bo‘yicha yetarlicha tajribaga ega bo‘lmasangiz, maxfiy kodlarni terish orqali sozlamalarga o‘zgarish kiritmaganingiz ma’qul. Chunki bu smartfon yoki planshetingizning muhim funksiyalari ishlamay qolishiga yoki umuman o‘zi ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Maxfiy kodlarni terish oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar uchun mas’uliyat butkul o‘zingizning zimmangizdadir.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.