Motorola stilusga ega bo‘lgan smartfonni taqdim etdi

Motorola stilusga ega bo‘lgan smartfonni taqdim etdi

Lenovo kompaniyasiga qarashli bo‘lgan Motorola o‘zining yangi Moto G Stylus 2022 smartfonini taqdim etdi. O‘tgan yilgi model bilan taqqoslaganda yangi modelda bir qancha o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. 

Xususan, qurilma Snapdragon 678 o‘rniga, MediaTek Helio G88 chipi bilan jihozlangan.  Diagonali 6.8 dyuymli displey 90Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonning 4/64 hamda 6/128GB xotiraga ega bo‘lgan turi sotuvga chiqariladi. 

Orqa panelda 50MP, 8MP, 2MP sensorlar o‘rin olgan. Selfi kameraning rezolyusiyasi 16MP tashkil qiladi. Qurilmaga 10 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. Smartfon Android 11 operatsion tizimida ishlaydi. 

Moto G Stylus 2022'ning o‘lchamlari - 170,21 x 75,9 x 9,45 mm, og‘irligi esa 216 grammni tashkil qiladi. U 300 dollar narxda sotuvga chiqadi . 

O‘QING: Internetda yangi Xiaomi smartfonining surati paydo bo‘ldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!