Motorola yana bir flagman smartfonni taqdim etdi

Motorola yana bir flagman smartfonni taqdim etdi

Motorola Edge 30 seriyasi rasman taqdim etildi. Seriyaning asosiy modeli Edge 30 Ultra bo‘lib, bu o‘tgan oyda Xitoy bozori uchun chiqarilgan Moto X30 Pro modelining global versiyasi hisoblanadi.

Seriyada yana Edge 30 Fusion va Edge 30 Neo modellari ham bor, ammo ushbu smartfonlar bilan keyingi maqolamizda tanishamiz.

Edge 30 Ultra modeli 1/1.22 dyuymli 200MP ISOCELL HP1 sensori bilan jihozlangan. 16 piksel bittaga birlashib 2.56 mikron piksel kattaligini hosil qiladi. Sensor, shuningdek, 1.28 mikron individual piksellar bilan 50MP rezolyutsiyadagi, 0.64 mikron piksellar bilan esa 200MP rezolyutsiyadagi kadrlarni taqdim etadi. Selfi kamera rezolyutsiyasi 60 megapiksel bo‘lib, u f/1.9 diafragmali linza hamda optik stabilizatsiyaga ega. 

Smartfonga 144 gertsda ishlovchi FullHD+ rezolyutsiyadagi 6.67 dyuymli OLED displeyi o‘rnatilgan. Maksimal yorqinlik darajasi 1250 nitni tashkil qiladi. Qurilma Snapdragon 8+ Gen1 chipida ishlaydi, 12/512GB - qurilmaning maksimlar xotiraga ega turi hisoblanadi. 

Smartfondagi 4,610 mAs sig‘imli akkumulyator 125 vattda simli, 50 vattda simsiz quvvat oladi. Motorola'ning ta’kidlashicha, qurilma yetti daqiqa zaryadlansa, uning quvvati 12 soatga yetadi. 

Motorola Edge 30 Ultra modeli qora va oq ranglarda bo‘ladi. Uning narxi 900 yevrodan boshlanadi. 

O‘QING: iPhone 14 Pro va 14 Pro Max - yangiliklar yetarlicha

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!