Motorola'dan Razr 2022 bo'lsa, Xiaomi'dan Mix Fold 2

Motorola'dan Razr 2022 bo'lsa, Xiaomi'dan Mix Fold 2

Avgust oyi buklamafonlar oyi bo'ladigan ko'rinadi. Bir tomondan Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o'zining yangi avlod buklamafonlarini taqdim qilishga tayyorlanayotgan bo'lsa, yana bir tomonda ikki xitoylik kompaniya ularga raqib tayyorlamoqda: Galaxy Z Flip 4 uchun Motorola Razr 2022, Galaxy Z Fold 4 uchun Xiaomi Mix Fold 2.

Xiaomi rahbari o'zining rasmiy Weibo sahifasida "buklanuvchi flagmanning yangi avlodi, inqilobiy yutuq - Xiaomi Mix Fold 2" buklamafonini taqdim qilinishini e'lon qildi

"Sanoat miqyosidagi to'rt yillik tadqiqotlardan so'ng, buklanadigan ekranli mobil telefonlar katta yutuqlarga erishdi. Ammo, masofa amaliy va ishlatish uchun qulay va oxirgi bu yerda to'siq mavjud." deydi Ley Jun.

Ma'lum bo'lishicha, Qualcomm'ning Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti bilan chiqariladigan Xiaomi Mix Fold 2 buklanadigan smartfoni Samsung o'zining Galaxy Z Fold 4 buklamafonini taqdim qilganidan keyin, 11-avgust kuni taqdim qilinadi.

Bundan tashqari, xuddi shu kuni Motorola kompaniyasi ham o'zining Galaxy Z Flip kabi ochilib-yopiladigan Razr 2022 buklamafonini e'lon qilinishi kutilmoqda. 

O'QING: Apple'ning AR/VR qurilmasi qachon chiqarilishi mumkinligi ma’lum qilindi