Mover.uz'dan videolarni yuklab olishning oson usuli!

Mover.uz'dan videolarni yuklab olishning oson usuli!

O‘zbekiston aholisining ko‘pi "mahalliy hudud" ya’ni tas-ix dan foydalanadi. Shunday ekan, demak, ularning ko‘pi mover.uz saytidan foydalanishlari turgan gap. Ammo ko‘pchilik foydalanuvchilar bir savolni ta’kidlashadi: qanday qilib mover.uz’dan videoni yuklab olsam bo‘ladi? Ba’zilari esa qo‘shimcha dasturlar o‘rnatib videolarni yuklab olishadi. Lekin hech qanday dasturlarsiz oddiy telegram messenjeri orqali videolarni yuklab olishingiz mumkin. Buning yo‘li juda ham oddiy. Siz messenjeringizni qidiruv bo‘limi orqali @moveruz_robot ni topib, unga start berishingiz hamda oddiygina mover.uz saytidan to‘liq video manzilini (https://mover.uz/watch/GbEKR41m/) yuborasiz hamda bot sizga qanday sifatlarda (oddiyroq qilib aytganda videoning hajmi) tanlashingizni so‘raydi: 240p, 360p, 480p va 780p (HD).

Siz ulardan keragini bosasiz hamda sizga yuklab olish uchun havola chiqadi. Shu orqali videoni alohida yuklab olishingiz mumkin bo‘ladi. Albatta, hech qanday dasturlarsiz!

O‘QING: Tas-IX — nima? “Tasiks” tarmog‘idagi foydali resurslar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!