Muammoli smartfonlar va smartfonlardagi muammolar ma’lum qilindi

Muammoli smartfonlar va smartfonlardagi muammolar ma’lum qilindi

«Blancco Technology Group» kompaniyasi tadqiqot o‘tkazib, insonlarga eng ko‘p noqulayliklar keltiratidigan smartfonlarni aniqlashdi.

Shunday qilib, 2015 yilning to‘rtinchi choragida 85 foiz «Android» platformasida va 15 foiz «iOS»da ishlaydigan uskunalar muammoli mobil qurilmalar deb topildi.

Agar ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha foizlar bo‘lib chiqilsa, eng ko‘p muammoli «Android» qurilmalar ichida 27 foiz bilan Samsung yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni, 21 foiz bilan Lenovo, Motorola va Xiaomi mos ravishda 18 hamda 11 foiz bilan egallashgan.

iOS

Muammolarning o‘zi haqida gapiriladigan bo‘lsa, foydalanuvchilarning eng ko‘p “bosh og‘rig‘i” kamera bilan bog‘liq noqulayliklar ekani aniqlandi. Bu noqulaylik 10 foiz qurilmalarga tegishli. Keyingi muammo esa 9 foiz bilan sensor ekranlarga, 6 foizdan mikrofon va qurilma tezligi bilan bog‘liq muammolarga oid ekani aniqlandi.

Yuqorida keltirilgan noqulayliklar «Android» va «iOS»da ishlovchi 40 foiz smartfonlarga tegishli hisoblanadi.

Qiziqarlisi shuki, muammolarning xususiyatlari geografiyaga qarab o‘zgarishi ma’lum bo‘lgan. Misol uchun, Shimoliy Amerikada barcha muammolarning 25 foizini kamera va tezlik tashkil etsa, yevropaliklar 56 foiz holatda qurilma antennasi va qo‘ng‘iroq qilish bo‘yicha nolishadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!