Mudhish qotillik ko‘chadan topilgan fleshka yordamida fosh etildi!

  •   DiMaX
  •  2650
  •  11.10.2019 14:18

Mudhish qotillik ko‘chadan topilgan fleshka yordamida fosh etildi!

Turli zamonaviy gadjetlar kishilarning hayotini saqlab qolgani, shuningdek, qotilliklarni aniqlashda yordam bergani haqida xabarlar uchrab turadi. Shu kunlarda tarqalgan yangilikka ko‘ra, tasodifan topib olingan fleshka politsiyachilarga yordam bergan.

O‘QING: Yangi Zelandiya terrorchisi o‘z hunarini videoo‘yindan o‘rgangan

Alyaskadagi Ankoridj shahrida yashovchi ayol ko‘chada yotgan fleshkani topib olgan, uning ichida 12 ta videoyozuv hamda 39 ta fotosurat bor ekan. Undagi videolavhalardan birida, erkak kishining: «Shunchaki… o‘lib ket» degani aniq-tiniq eshitilib turardi.

Fleshkani topib olgan ayol uni politsiyaga topshirgan va ikki kundan so‘ng Ankoridj yaqinida boshqa bir noma’lum ayolning jasadi topilgan. Politsiya o‘sha fleshkadagi ma’lumotlar sharofati bilan qotilni aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, u Janubiy Afrika Respublikasidan kelgan 48 yoshli Brayan Smit ekan.

O‘QING: Qaynonasini o‘ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Qotilni uning aksenti sotib qo‘ygan. Bundan tashqari, qotillik TownePlace Suites otelida amalga oshirilgani ham aniqlangan: uning nomeridagi gilam fleshkaga ko‘chirilgan rasmlardagi bilan bir xil edi. Uyali aloqa operatorining politsiyaga ma’lum qilishicha, ayol o‘ldirilgan vaqtda Smit o‘sha jinoyat joyida bo‘lgan.

Brayan Smit shahardan chiqib ketmoqchi bo‘layotganida, o‘ziyam naq aeroportda qo‘lga olingan. Politsiya fikricha, u qotillik paytida surat va videolarni o‘zi olgan, keyin ularni fleshkaga ko‘chirgan. Fleshkani ko‘chada tushirib qoldirgani va uni topgan ayol politsiyaga topshirgani tufayli qotillik fosh etilgan.

O‘QING: Hatto formatlangan disk va fleshkadagi o‘chib ketgan fayllarni ham tiklovchi yettita eng zo‘r dastur