Mug Life – har qanday suratni «jonlantirib» yuboruvchi ilova!

  •   DiMaX
  •  5208
  •  20.03.2018 13:39

Mug Life – har qanday suratni «jonlantirib» yuboruvchi ilova!

Keyingi paytlarda internet va messenjerlar foydalanuvchilari orasida GIF-suratlar hamda rasmlarni qayta ishlovchi turli mobil dasturlar ommalashmoqda. Shulardan biri – yangi taqdim etilgan Mug Life ilovasi suratni «jonli» animatsiyali 3D-tasvirga aylantirib beradi.

O‘QING: Microsoft smartfondan suratlarni Windows 10’ga tezkor ko‘chiruvchi ilova taqdim etdi


Mug Life ilovasida yangi akkaunt ochish, shuningdek, Facebook yoki Twitter akkaunti orqali kirish ham mumkin. Ilovani boshqarish juda oson: shunchaki unga fotosuratni  yuklaysiz yoki onlayn rejimida rasmga tushirasiz.

Ilovaning bepul versiyasida rasmni tahrirlash uchun oldindan o‘rnatilgan o‘nta bepul variant mavjud. Turli tahrirlash usullariga ega jihozlar to‘plamini olish esa pulli. Lekin qiziqarli memlarni to‘lovsiz ham yasasa bo‘ladi.

Mazkur dasturda tayyorlangan animatsiyali rasmlarni Facebook, Twitter, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda ulashish imkoni bor. Shuningdek, ularni elektron pochta orqali yoki matnli xabarda jo‘natish, «avatarka» tarzida qo‘llash yoki shunchaki smartfonda saqlab qo‘yish ham mumkin. Istagingizga ko‘ra, uni barchaga ko‘rinarli yoki maxfiy qilib qo‘ya olasiz.

O‘QING: Ijtimoiy tarmoqda siz yo‘l qo‘yadigan 5 xato

Mug Life – bu nafaqat ilova, balki o‘ziga xos ijtimoiy tarmoq hamdir; unda jonlantirilgan fotosuratlarning o‘z reytingi mavjud. Siz esa qiziqarli GIF-suratlar yasaydigan mualliflarga obuna bo‘lishingiz, ularga «layk» qo‘yishingiz, shuningdek, o‘zingiz yasagan animatsiyaga «layk»lar to‘plashingiz ham mumkin.

Masalan, Vintage heshtegli animatsiyalar orasida jonlantirilgan Merilin Monro surati mashhur:

Jonivorlar aks etgan rasmlar bo‘yicha esa mashhur mushuk – Grumpy Cat yetakchi.

Darvoqe, Mug Life hozircha faqatgina iOS tizimli qurilmalar uchun taqdim etilgan, Apple gadjetlari sohiblari uni mana bu havola orqali o‘tib yuklab olishlari mumkin. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashlaricha, dasturning Android-gadjetlarga o‘rnatiladigan talqini ustida ham ishlar olib borilmoqda.

O‘QING: Android’da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.