Mukofot jamg‘armasi $2000 lik «Online Startup Weekend Uzbekistan 2021» tadbiriga marhamat!

  •   DiMaX
  •  397
  •  12.03.2021 09:06

Mukofot jamg‘armasi $2000 lik «Online Startup Weekend Uzbekistan 2021» tadbiriga marhamat!

Joriy yilning 26–28 mart kunlari «Online Startup Weekend Uzbekistan 2021» tadbiri bo‘lib o‘tadi. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: Beeline Uzbekistan yana bosh direktorsiz qoldimi?

«Online Startup Weekend Uzbekistan 2021»ni o‘tkazishning asosiy maqsadi – AKT sohasidagi istiqbolli mahalliy startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, nufuzli xalqaro musobaqada ularning ishtirokini ta’minlash. Mazkur tadbir Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) va MOST Biznes inkubatori tomonidan USAID ko‘magida tashkil qilinmoqda.

Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:

  • boshqa startapchilar va yetakchi IT-ekspertlar bilan bir jamoada ishlash;
  • o‘z startapi prototipini yaratish;
  • venchur fondlari, biznes-angellar, korporatsiyalar, sovrinlarni o‘z ichiga olgan Xalqaro «Startup Weekend»da ishtirok etish;
  • «Finance PM» ekspertlaridan bepul maslahat olish.

Tadbir to‘g‘risida batafsil ma’lumot: http://most.com.kz/swuzbekistan

Tadbirda ishtirok etish uchun oxirgi sana: 26 mart kuni soat 14:00 gacha.

Ro‘yxatdan quyidagi havola orqali o‘tishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/1ddyEncCzfos-o7242m6MQufi1DvM9nP78kxiaFam0sU/viewform?edit_requested=true

O‘QING: Operatordan har oyda 1 gigabayt bonus olishni istaysizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!