Musiqa va futbol birlashmoqda

Musiqa va futbol birlashmoqda

Shvetsiyaning dunyoga mashhur audio striming platformasi, Spotify rasman 2022-yil iyul oyidan boshlanadigan Ispaniyaning Barcelona futbol klubi bilan uzoq muddatli hamkorlikni e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, Spotify Barcelona klubining asosiy hamkori bo‘ladi va uning brendi 2022-2023 yilgi mavsumdan boshlab erkaklar va ayollar jamoalari futbolkalari va mashg‘ulot ko‘ylaklarining old qismida paydo bo‘ladi. Shuningdek, hamkorlik doirasida taniqli futbol stadioni - Camp Nou nomi ham Spotify Camp Nou nomiga o‘zgartiriladi.

Xabar qilinishicha, kelishuv 310 million dollarga teng. "Nima uchun Spotify FC Barcelona bilan hamkorlik qilishga qaror qildi?" degan savolga kompaniya shunday javob bergan:

"Bu muxlislarni har qanday san’atkorlar - o‘yinchilar va artistlar, musiqa va sport bilan bog‘lanishi haqida. Spotify va Barcelona musiqa va futbol olamlarini birlashtirmoqchi, Spotify Camp Nou o‘yinchilar va san’atkorlarga global sahnani taqdim etish va muxlislar bilan bog‘lanish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi."

Hamkorlikning Spotify uchun foydasi haqida yanada ko‘proq aytadigan bo‘lsak, Barcelona musiqiy platforma uchun katta ahamiyat kasb etuvchi 30 yoshdan kichik bo‘lgan 350 milliondan atorofidagi yosh muxlislar bazasiga ega.

Kelishuvi 3-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan "Barcelona"ning favqulodda delegat a’zolari assambleyasi tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. Lekin klubning katta qarzi borligini sabab bu jarayon unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi.

O‘QING: “G‘afur G‘ulom” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga yuzni aniqlash tizimi o‘rnatiladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!