Mustahkam himoyaga ega "kolonka" smartfon

Mustahkam himoyaga ega

Yuqori darajali himoyaga ega smartfonlar ishlab chiqaradigan Ulefone kompaniyasi o'zining Power Armor 16 Pro smartfonini sotuvga chiqardi. Aytish mumkinki, bunday smartfon bilan sizga qo'shimcha ovoz kuchaytirgichlar kerak bo'lmaydi, chunki qurilma HiFi sifatidagi, maksimal ovoz darajasi 122 desibel bo'lgan 36 millimetrli ovoz kuchaytirigich bilan jihozlangan. Taqqoshlash uchun iPhone 13 Pro smartfonining maksimal ovoz darajasi 98 dB.

Smartfon yuqori darajadagi himoyaga ega: chang, yuqori bosim, 1.5 m suv ostida yarim soatgacha turish, 1.5 meterdan tushib ketish, -55 gradusgacha chidamlilik uchun IP68, IP69K va harbiy darajadagi MIL-STD-810G sertifikatiga ega va u qurilish ishchilari, sayohatchilar, alpinist, konchi va boshqalar uchun tavsiya qilinadi. Qolaversa, smartfonda ichki o'rnatilgan yorqin fonar ham mavjud.

Power Armor 16 Pro smartfoni 18 vatt tezlikda zaryadlanadigan 9600 mA/s batareya sig'imiga ega va bu bilan qurilma 528 soatgacha tura oladi. Bunday hajmdagi batareyadan poverbank sifatida ham foydalanish mumkin. 

Qolgan texnik xususiyatlariga keladigan bo'lsak, 173.4x83.35x18.3 o'lchamdagi smartfonga 5.93 dyuymli, 720x1440 HD+ rezolyutsiyadagi displey o'rnatilgan. Orqa kamera ikkita: 16 megapikselli asosiy va unga qo'shimcha 2 megapikselli makro sensor. Selfilar uchun esa 8 megapikselli old kamera mavjud. Kapot ostida esa MediaTek'ning Helio G25 chipseti va 4GB operativ xotirasi mavjud. Doimiy xotirasi 64GB bo'lib, uni microSD bilan 128GB'gacha kengaytirish mumkin. Smartfon Android 12'da ishlaydi. Shuningdek, smartfonda NFC, o'ng yon tomonda telefonni yoqish tugmasi bilan birlashtirilgan barmoq izini aniqlaydigan skaner, chap yon tomonida esa sozlasa bo'ladigan qo'shimcha tugma va quloqchinlarsiz radio eshitish xususiyati ham mavjud.

Power Armor 16 Pro smartfoniga AliExpress onlayn do'konidan $249.99 narxga buyurtma berishingiz mumkin.

O'QING: Galaxy S23 seriyasiga Exynos chiplari o‘rnatilishi mumkin

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.