Musulmonlar e’tirozi bois PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlandi

  •   DiMaX
  •  5863
  •  06.06.2020 16:33

Musulmonlar e’tirozi bois PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlandi

PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yinining 7.2-versiyasi yaqinda geymerlarga ommaviy taqdim etilgan edi. Steam servisi esa uni 8 iyungacha bepul o‘ynash imkonini bermoqda.

O‘QING: PUBG haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

O‘yinning smartfonlarga mo‘ljallangan – PUBG Mobile versiyasida ushbu oyning boshida bitta o‘zgarish bo‘lgan. Undagi «Sirli changalzor» (Mysterious Jungle) rejimida turli totemlarning haykallari mavjud bo‘lib, ularga ta’zim qilinsa personajga har xil effektlar baxsh etadi (masalan, salomatlik darajasi tiklanadi).

Quvayt hamda Saudiya Arabistonidagi geymerlar esa buni yasama ma’budlarga sig‘inish – butparastlik deb hisoblab, ko‘p shikoyatlar qilishdi. Quvayt universiteti Shariat kolleji teologiya professori Bassam Al-Shattiy va boshqalar ham mazkur o‘yinni tanqid qilishgan. Professor o‘yindagi ta’zim qilish mexanikasi mahalliy an’analarni buzishini aytgan, PUBG Mobile’dagi ushbu unsurni u butparastlik ko‘rinishidagi og‘ir gunoh, deya e’lon qilgan.

O‘yinning ishlab chiquvchisi – Tencent kompaniyasi bunga javoban musulmonlardan uzr so‘radi va haykallarga ta’zim animatsiyasini PUBG Mobile’dan olib tashladi. Lekin ushbu mexanikani o‘yindan butunlay yo‘q qilishadimi yoki tanlangan holda ayrim hududlardagi geymerlar uchun o‘chirib qo‘yishadimi – bunisi hali aniq emas.

O‘QING: Bu mobil o‘yin atigi uch oyda salkam yarim milliard dollar daromad keltirdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.