Musulmonlar uchun ilk xos mashrutizator va iMurshid ilovasi yaratildi

Musulmonlar uchun ilk xos mashrutizator va iMurshid ilovasi yaratildi

Dubayning X-Concepts korporatsiyasi ilk bor musulmonlar uchun mashrutizator va xos planshet loyihasini taqdim qildi. Mazkur yangiliklar musulmonlar uchun bir qancha qulayliklarni taklif qiladi.

Mashrutizatorning boshqalaridan farqi shundaki, u tarmoq orqali foydalanuvchi turgan joydagi azon vaqtlarini yuboradi va azon ovozi aytilgan vaqtda dinamik orqali yangraydi. Shuningdek, bolalar unda azon, turli duolar va professional aktyorlar ijrosidagi, atoqli islom ulamolari taqriz bergan islom tarixiga oid audio lavhalarni tinglashi mumkin. Bundan tashqari unda internetning turli xavfli, keraksiz saytlaridan bolalarni himoyalash imkoniyati ham mavjud.

iMurshid mobil ilovasida esa namozning boshlanish vaqti haqida signal, qiblani aniqlash yo‘nalishlari, zakot masalalari, musulmonlar uchun maxsus restoranlar qidiruvi, yaqin joydagi masjidlar, turli ma’ruzalar, islom olami yangiliklari, musulmon taqvimi, Qur’oni Karim va tafsirlarni o‘rganish, musulomon televideniye va radio singari bo‘limlar mavjud.

Ilovani Google Play va Apple Store internet magazinlaridan yuklab olishingiz mumkin. Ushbu ilovalar ingliz, arab, hind, urdu, xitoy, bengal va fransuz tillarida chiqarilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.