Musulmonlar va nasroniylar uchun olti yarim ming dollarlik iPhone 13 Pro’lar taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  1727
  •  13.08.2021 17:29

Musulmonlar va nasroniylar uchun olti yarim ming dollarlik iPhone 13 Pro’lar taqdim etildi

Rossiyaning lyuks mahsulotlarga ixtisoslashgan Caviar brendi hali Apple rasman e’lon qilib ham ulgurmagan iPhone 13 Pro hamda 13 Pro Max modellarining premial versiyalari uchun oldindan buyurtma ochganidan xabaringiz bor. Mazkur kompaniya endi musulmonlar uchun, shuningdek, katolik va pravoslavlar uchun iPhone 13 Pro’lar namoyish qildi.

O‘QING: 1 kg oltinga ega iPhone 12 Pro va Galaxy S21 Ultra'lar chiqdi!

Mazkur turkumdagi telefonlarning korpuslari titan hamda oltindan ishlangan, orqa panelida mustahkam shisha ostiga tegishli dinlarning muqaddas ibodatgohlari suratlari tushirilgan.

iPhone Kaaba modelining orqa tarafida Ka’ba hamda minoralarni ko‘rish mumkin. Caviar bu smartfon uchun 419 ming rubldan (yoki 6450 AQSh dollaridan) boshlanuvchi narxlar belgilagan.

O‘QING: Al-Azhar universiteti Ka’ba buzilishini o‘z ichiga olgan o‘yinlardan ogohlantiradi (+video)

Katoliklarga mo‘ljallangan iPhone St Peter`s Basilica modeli esa Vatikandagi Avliyo Petr sobori suratini aks ettirgan.

Bu ayfon narxlari esa 416 000 rubldan (6400 dollardan) boshlanadi.

O‘QING: Rim papasi akkauntidan model qizning erotik suratiga layk bosildi

Pravoslavlar uchun chiqarilgan iPhone Cathedral Of Christ The Savior modelining orqa paneliga Xaloskor Iso cherkovi tasviri tushirilgan.

Caviar bu smartfonni kamida 424 ming rubldan (6520 dollardan) sotmoqchi.

Darvoqe, uchala modeldagi iPhone 13 Pro ham sanoqli nusxada – har biri 99 donadan ishlab chiqariladi.

O‘QING: Qoraqalpog‘istonlik onaxonga o‘g‘li oltin iPhone X hadya etdi (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!