Musulmonlarga mo‘ljallangan eng qulay brauzer bilan tanishing!
Malayziyaning Salam Web Technologies startapi musulmonlar uchun mo‘ljallangan birinchi brauzerni namoyish etdi. Bu xususda Bloomberg xabariga tayanib Kun.uz nashri yozgan.
O‘QING: Fly Internet – reklamani bloklovchi va VPN’li, bepul Android-brauzer!
Ilova o‘tgan yili paydo bo‘lgan bo‘lib, unga endigina e’tibor qaratildi, deb xabar berdi Bloomberg. Mualliflarning fikricha, SalamWeb internetda bexatar syorfing qilish uchun mo‘ljallangan.
Ushbu ilova ochiq mazmundagi va musulmonlarni tahqirlovchi materiallarni to‘sadigan filtrlarga ega. Masalan, brauzer foydalanuvchiga pornografiya va qimor o‘yinlari bilan bog‘liq saytlarni ko‘rsatmaydi. SalamWeb ilovasi Windows, Mac, iOS va Android tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.
– Biz internetni yaxshiroq qilmoqchimiz. U yaxshi va yomonga bo‘linadi, bizning brauzerimiz yaxshi internetga yo‘l ochadi, – degan Salam Web Technologies vakili Hasni Zarina.
Ayni vaqtda SalamWeb brauzeri Malayziya va Indoneziyada yashovchi musulmonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, kompaniya kelgusida Yer yuzidagi musulmon aholining 10%ini o‘z ilovasiga o‘tkazmoqchi. Ushbu ilovani Android-gadjetlarga mana bu, iOS-devayslarga esa mana bu havola orqali yuklab olish mumkin. SalamWeb brauzerini kompyuterga o‘rnatish uchun esa mana bu havola orqali uning rasmiy saytiga o‘tish lozim.