Mutaxassislar eng xavfsiz brauzerni aniqlashdi

  •   DiMaX
  •  2721
  •  22.09.2017 12:46

Mutaxassislar eng xavfsiz brauzerni aniqlashdi

AQShda har yili dunyodagi eng keng ommalashgan brauzerlar, ilovalar va operatsion tizimlarning xavfsizligini aniqlashga qaratilgan Pwn2Own nomli turnir o‘tkaziladi. Bu gal brauzerlarni buzib kirish bo‘yicha testlar qilinib, Microsoft Edge, Safari, Chrome va Internet Explorer kabi dasturlarning muhofazasi sinovdan o‘tkazildi, deb yozadi «Ekonomika Segodnya» nashri.

Brauzerlarni tekshirish uchun, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligi masalalariga ixtisoslashgan X41 D-Sec kompaniyasi mutaxassislari jalb etildi.

Buzib kirishning xilma-xil usullari bo‘yicha o‘tkazilgan uzoq muddatli va puxta tekshiruvlar natijasida, nisbatan xavfsiz brauzer sifatida Google Chrome e’tirof etildi. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu dastur kompyuterga qilinishi mumkin bo‘lgan hujumlarni qaytarish uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega. Masalan, u muayyan usullar yordamida kompyuterning fayllar tizimiga, shuningdek, operatsion tizim reyestriga kirishni taqiqlay oladi.

Ammo, mutaxassislarning ta’kidlashicha, Google Chrome’ning o‘zini ham buzib kirish mumkin ekan. Xakerlar bunda foydalanuvchilarning o‘zlari brauzerga qo‘shimcha tarzda o‘rnatib olgan kengaytmalardan foydalanishar ekan.

Shuningdek, internetdagi anonimlik uchun maxsus brauzerlar hamda Android uchun eng zo‘r brauzerlar haqidagi maqolalarimiz bilan ham tanishib chiqishni tavsiya etamiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!