Mutaxassislar iPhone 12 turkumi smartfonlarining xavfini aniqlashdi!

  •   DiMaX
  •  928
  •  27.01.2021 13:34

Mutaxassislar iPhone 12 turkumi smartfonlarining xavfini aniqlashdi!

Apple korporatsiyasi iPhone 12 modellarining yurak muammolari bo‘lgan odamlarga zarar yetkazishi mumkinligini tan oldi. Bu haqda kompaniya veb-saytidagi ma’lumotlar bo‘limida xabar berilgan, deb yozmoqda Xabar.uz nashri.

O‘QING: iPhone 12’lar haqida o‘nta qiziqarli fakt

E’tibor bering: bu yerda ushbu seriyadagi to‘rtta smartfon – standart iPhone 12, undan ilg‘orroq iPhone 12 Pro, eng katta iPhone 12 Pro Max hamda eng ixcham iPhone 12 mini modellari haqida gap ketyapti.

Kompaniya vakillari iPhone 12 smartfonlarida bir nechta magnit borligini ta’kidlashmoqda: ular avvalgi ayfon modellariga qaraganda ko‘proq. Zich aloqada bu magnitlar implantatsiya qilingan yurak stimulyatorlari va defibrillyatorlar bilan o‘zaro aloqaga kirishishi mumkin. Shu sababli simsiz quvvat olayotganda qurilmani 15 santimetr yoki 30 santimetrdan ortiq masofada saqlash tavsiya etiladi.

Shuningdek, Apple vakillari iPhone 12’ni ishlatishdan oldin shifokor, sog‘liqni saqlash mutaxassisi yoki tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchisi bilan maslahatlashishni tavsiya qilishmoqda.

«Agar iPhone yoki MagSafe aksessuarlari tibbiy qurilmangizga xalaqit berayotganiga shubha qilsangiz, iPhone yoki MagSafe aksessuarlaridan foydalanishni to‘xtating», — deyiladi xabarda.

O‘QING: Amerikaliklarning o‘zlari qaysi iPhone’larni ko‘proq olishyapti?

2020 yil kuzida taqdim etilgan iPhone 12 seriyali smartfonlar xuddi MagSafe simsiz quvvatlash moslamasi kabi muayyan miqdordagi magnitlarga ega. Ular telefonning quvvatlovchi moslamaga nisbatan to‘g‘ri holatda bo‘lishini hamda aksessuarlarning biriktirilishini ta’minlaydi.

Avvalroq, shifokorlar iPhone 12 telefonlariga o‘rnatilgan magnitlar implantatsiya qilingan yurak stimulyatorlariga zarar yetkazishi mumkinligini payqashgan. Apple kompaniyasining veb-saytida chop etilgan yangi smartfonlar uchun qo‘llanmada «Yangi modellar tibbiy qurilmalar uchun iPhonening avvalgi modellariga qaraganda ko‘proq magnitli to‘siqni hosil qilmasligi kutilyapti», deyilgandi.

Darvoqe, iPhone 12’lar qadog‘idan aksessuarlarni olib qolish bilan Apple qancha pul tejagani haqidagi xabarimizni o‘qiganmidingiz? Ularning har biridan qoladigan foyda unchalik katta ko‘rinmasa ham, yakuniy hisobda bu qiymat yuz millionlab dollarga borar ekan!

O‘QING: iPhone 12’larning nurlanish darajasi e’lon qilindi – kutilmagan bittasi eng xavflisi ekan!