Mutaxassislar iPhone’ni tun bo‘yi quvvatlashga qo‘yish haqida kutilmagan maslahat berishdi!

  •   DiMaX
  •  2565
  •  11.02.2019 16:30

Mutaxassislar iPhone’ni tun bo‘yi quvvatlashga qo‘yish haqida kutilmagan maslahat berishdi!

Kun bo‘yi smartfonimizdan foydalanib, batareyasini «bo‘shatib» qo‘yamiz va ko‘pincha tunda yoki tongda quvvatlaymiz. Buning xavfli yoki xavfsiz ekanligi haqida ham maqola e’lon qilganmiz, ammo iPhone’lar o‘ziga xos yondashuvni talab etadi...

O‘QING: Smartfonni tunda quvvatlashga qo‘yib yotish xavflimi?

Battery University nashrining nufuzli mutaxassislari zamonaviy gadjetlarning litiy-ionli batareyalar ustida bir nechta tadqiqotlar o‘tkazib ko‘rishdi va natijalarini e’lon qilishdi. Bunda ular, iPhone’ni tunda quvvatlashga qo‘yib yotish umuman xavfli emasligini ta’kidlashgan.

Hatto eng yangi bo‘lmagan iPhone modellarida ham akkumulyatorning quvvatlanish kontrolleri mavjud – batareya to‘liq quvvat olib bo‘lishi bilan u tok kelishini uzib qo‘yadi. Shu kontroller sharofati bilan ayfonni istalgan muddatga quvvatlagichga ulab qoldiraversa bo‘ladi.

O‘QING: Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?

Bunisiyam mayli, Battery University vakillarining ta’kidlashlaricha, quvvatlashga qo‘yilgan holicha butun tun bo‘yi qoldirish iPhone uchun hatto foydali ekan! Ya’ni, shunday qilish hatto akkumulyator umrini anchagina uzaytiradi, deyishmoqda ular.

Gap shundaki, iPhone hatto tunda ham quvvat sarflab turadi, ayrim foydalanuvchilar smartfonlarning akkumulyatori hatto 10-20 foizgacha kamayganini aytishgan. Agarda iPhone tunda quvvatlashga qo‘yilgan bo‘lsa, akkumulyatorga tushadigan yuk minimum darajagacha pasayadi. Mazkur holatda ayfon xuddi noutbuk kabi quvvatni batareyadan emas, balki elektr tarmog‘idan olib sarflab turadi. Bu esa akkumulyatorning holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa ko‘p ishlatiladigan iPhone’larda bu yaqqol seziladi.

Faqat bir jihatini yodda tuting: agarda iPhone shikastlangan bo‘lsa, shuningdek, quvvatlash uskunangiz yoki kabelingiz original bo‘lmasa, uni tun bo‘yi quvvatlashga qo‘yish xavfli – hatto portlashi ham mumkin.

O‘QING: Tadqiqot: Tunda elektron qurilmalardan foydalanmang!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!