Mutlaqo bepul «Bir million o‘zbek dasturchilari» onlayn kurslariga marhamat!

  •   DiMaX
  •  4757
  •  13.11.2019 12:50

Mutlaqo bepul «Bir million o‘zbek dasturchilari» onlayn kurslariga marhamat!

Shu yilning 21 noyabr kuni «Bir million o‘zbek dasturchilari» onlayn kurslari ochiladi. Ular mutlaqo bepul tashkil etilmoqda, deya xabar beradi IT-Park.

O‘QING: IT Park va Ucell hamkorligida Boot Camp bo‘lib o‘tdi

Onlayn kurslar Birlashgan Arab Amirliklari hukumati, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti va, albatta, IT-Park qoshidagi IT-akademiya ko‘magida tashkil etilmoqda.

Barcha xohlovchilar unda to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olishlari mumkin:

  1. Ma’lumotlar tahlili;
  2. Android dasturlash;
  3. Full-Stack Development;
  4. Frontend Development.

Dastur ommaviy ochiq onlayn kurslarni o‘tkazadigan ta’lim platformasi hisoblanadi va o‘zbek tilida amalga oshiriladi.

Onlayn kurslar 2012 yilda Stenford universiteti informatika dasturining kengayishi natijasida tashkil etilgan «Udacity» kompaniyasi ko‘magida tashkillashtirilmoqda.

O‘QING: “Fin Tech Abu Dhabi” tanlovida O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘ldi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!