Mutlaqo tirqishsiz va tugmachasiz Vivo APEX 2019 smartfoni ilk «jonli» videoda!

  •   DiMaX
  •  1134
  •  29.01.2019 16:21

Mutlaqo tirqishsiz va tugmachasiz Vivo APEX 2019 smartfoni ilk «jonli» videoda!

Vivo umuman birorta ham porti va tugmachasi bo‘lmagan smartfon tayyorlaganini aytgandi. Lekin kutilmaganda Meizu ham otni qamchilab qoldi – hamyurtidan avval xuddi shunday qurilmasini taqdim qildi! Lekin Vivo APEX 2019 baribir undan ko‘p tomonlama ustun chiqdi...

O‘QING: Vivo Apex 2019 taqdim etildi: Snapdragon 855 chipli, umuman tirqishsiz va tugmachasiz ilk 5G-smartfon!

Esingizda bo‘lsa, mazkur flagmanning rasmiy taqdimotidan avval Vivo kishilarga uni ko‘rsatmasdan, faqat ushlab ko‘rib fikr bildirishlarini so‘ragandi. O‘shanda bu gadjetni ushlab ko‘rganlar uni «silliqlangan shag‘al» va «metall sovun»ga o‘xshatishgan edi.

Endi esa Vivo APEX 2019 modelini ishlatib namoyish etilgan video ham internetga chiqarildi. Uni quyida tomosha qilishingiz mumkin:

Ayniqsa, displeyning deyarli butun yuzasida ishlovchi yangi avlod daktiloskopik datchigi e’tiborga loyiq. Unga barmoq izini o‘rnatish jarayoni atigi ikki soniya vaqt oladi, keyin esa ekranning istalgan qismiga bosib, smartfonni qulfdan chiqarsa bo‘ladi.

Darvoqe, yaqindagina xuddi shunday texnologiyani yana bir xitoylik kompaniya ham ishlatib ko‘rsatgan edi.

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Xiaomi displeyning hamma joyi skanerli smartfon tayyorladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!