Muxolifat ruhidagi chiqishlari bilan tanilgan Telegram-kanal mualliflari qidiruvga berildi

  •   DiMaX
  •  889
  •  06.11.2020 08:17

Muxolifat ruhidagi chiqishlari bilan tanilgan Telegram-kanal mualliflari qidiruvga berildi

Belarus hukumati NEXTA nomli Telegram-kanal mualliflariga nisbatan qidiruv e’lon qilgan. Bu xususda mazkur mamlakatning Tergov qo‘mitasi ma’lumotiga asoslanib Sof.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Belarus inqirozi: yirik IT-kompaniyalar mamlakatni tark etmoqchi

Xabarga ko‘ra, ular «Ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirish», «Jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzadigan guruh harakatlarini tashkil etish» va «Kasbiy mansubligi asosida ijtimoiy adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan qasddan qilingan xatti-harakatlar» moddalari asosida gumonlanmoqda.

NEXTA – Belarusda oppozitsion ruhda ekanligi bilan mashhur bo‘lgan Telegram-kanal hisoblandi. U prezident saylovlaridan so‘ng boshlangan norozilik namoyishlarini faol ravishda yoritib bormoqda va fuqarolarni namoyishlarga chaqirmoqda.

Polyak OAV xabarlariga ko‘ra, kanal asoschisi Stepan Putilo bir necha yil oldin Belarusdan Polshaga ko‘chib o‘tgan.

Putilo Rossiyada ham qidiruvdagi shaxs sifatida Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritilgan.

O‘QING: Telegram-kanalda qizlarning telefon raqami va pornografik materiallar tarqatgan shaxs jazolandi