Muz nayzalaridan iborat o‘rmon: Yupiter yo‘ldoshiga shunday ta’rif berilmoqda

  •   Saroy
  •  584
  •  11.10.2018 16:00

Muz nayzalaridan iborat o‘rmon: Yupiter yo‘ldoshiga shunday ta’rif berilmoqda

Yevropa Yupiter sayyorasining yo‘ldoshi hisoblanadi. Endi olimlar ushbu yo‘ldoshga ham  tadqiqot missiyasini uyushtirishni rejalashtirmoqda. Ammo uning yuzasini balandligi 15 metr bo‘lgan muz nayzalari qoplagan. Bu esa koinot apparatlarni qo‘ndirishda jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, Yevropu Quyosh tizimidagi tadqiqot olib borish uchun eng qiziq bo‘lgan ob’yektlardan biridir. Unda  tarkibida kislorod yuqori bo‘lgan tarqoq atmosfera mavjud. Sayyoraning muz qatlamlari ostida esa muzlab qolmaydigan okean mavj urmoqda. Olimlar ilgari surayotgan farazlari bo‘yicha, Yevropaning muz qatlamlari ostida mikroskopik hayot kechmoqda.

O‘QING:125 milliard dollarlik loyiha: sayyohlar koinotga liftda olib chiqiladi

Yevropaga yetib boradigan koinot zondi kutilmagan qiyinchiliklarga duch keladi. Kardif universiteti olimi Deniyel Xobli va uning amerikalik hamkasblari ta’kidlashicha, Yupiter yo‘ldoshining yuza qismida ulkan kalgasporlar — muz nayzalari o‘sadi.  Ular qalin va zich qor qoplamasining notekis erishi natijasida yuzaga kelgan va balandligi 15 metrgacha boradi. Shunga o‘xshash tuzilmalar Yerda ham uchraydi: ular ekvatorial tog‘ tizmalarida ko‘p, chunki bu yerlarda Quyosh charaqlab turadi, lekin havo quruq va juda sovuq bo‘ladi.

Agar shunday tuzilma sayyora yuzasida haqiqatan ham bo‘lsa, ular uchirilgan apparatlarni qo‘ndirish chog‘ida  jiddiy shikast yetkazishi  mumkin. Fazogirlar hozircha Yevropa yuzasida haqiqatan ham kalgasporlar borligini tasdiqlashgani yo‘q. Olingan suratlar sayyorada bunday tuzilmalarning borligini ko‘rsatmayapti, ammo ular bor bo‘lishi, shunchaki quyosh  charaqlab turganda radar payqay olmayotgan bo‘lishi ham mumkin. Kalgasporning bo‘lishini yo‘ldoshning ustki qismi o‘ta  sovuqligi ham isbotlaydi.

O‘QING:Qora tuynukdagi odam yoki koinotning hali ochilmagan jumboqlari