MWC 2019 doirasida Sony to‘rtta – Xperia 1, Xperia 10, Xperia 10 Plus va Xperia L3 smartfonlarini namoyish etdi (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1625
  •  25.02.2019 18:15

MWC 2019 doirasida Sony to‘rtta – Xperia 1, Xperia 10, Xperia 10 Plus va Xperia L3 smartfonlarini namoyish etdi (+«jonli» video)

Barselona shahrida bo‘lib o‘tayotgan MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida Sony kompaniyasi bugun – 25 fevralda naq to‘rtta yangi telefonini rasman ko‘rsatdi. Aytish mumkinki, yaponiyalik bu ishlab chiqaruvchi o‘z smartfonlarida hali bunchalik keskin burilish qilmagan edi.

O‘QING: Sony g‘ayrioddiy dizaynli rekordchi – Xperia XZ4 flagmani taqdimotiga taklif qilyapti (+«jonli» surat)

Avvalo, shu paytgacha turli xabarlarda Xperia XZ4 deb atalib kelayotgan flagmanni kompaniya boshqacharoq – Sony Xperia 1 nomi ostida taqdim etdi. Bu esa shundan dalolat beradiki, u shunchaki Xperia XZ3 modelining davomchisi emas, balki butkul yangi flagmandir.

Sony Xperia 10 nomi esa bu modelning yangi ekanligini, ammo flagman emasligini anglatadi. Sony Xperia 10 Plus esa uning sal kattaroq varianti ekani tushunarli. Sony Xperia L3 bo‘lsa aynan Xperia L2 modelining davomchisi bo‘lib, nisbatan arzon.

Ushbu smartfonlarning xususiyatlarini quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin:

Mana, quyidagi videoda ularning dastlabki uchtasiga «jonli» nazar solamiz:

Yaponlar taqdim etgan smartfonlardan hech birining ekranida «kemtik» mavjud emas. Xperia L3 modelida displeyning tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda.

Qolgan uchala smartfonning ekrani yangicha – 21:9 nisbatli. Sony’ning ta’kidlashicha, bu yangicha format – «kinobop» standartdir. Yangi smartfonlarda barmoq izi skaneri korpusning o‘ng qirrasiga joylangan.

O‘QING: Terashop.uz’da yangilik: Sony, Philips, HTC va Nokia telefonlarining narxlari (2019 yil 21 yanvar) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkaziladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!