MWC 2019 ko‘rgazmasida Energizer naq 26 modelda yangi telefon namoyish etmoqchi!

  •   DiMaX
  •  1350
  •  26.01.2019 11:54

MWC 2019 ko‘rgazmasida Energizer naq 26 modelda yangi telefon namoyish etmoqchi!

Energizer  haqida gap ketganida, asosan turli akkumulyatorlar, quvvat tashuvchi moslamalarni eslaymiz. Lekin o‘tgan yili ushbu brend dunyodagi eng sig‘imdor batareyaga ega smartfon ham taqdim etgan.

O‘QINGBunaqasi bo‘lmagan: naq 16000 mA/soatlik akkumulyatorga ega smartfon!

Energizer bu yil ham MWC tadbirida ishtirok etishini e’lon qildi. Buni qarangki, ko‘rgazma doirasida u rekord miqdorda – naq 26 rusumda yangi uyali telefon va smartfonlarini taqdim qilmoqchi!

Ammo Energizer dunyo ahlini qurilmalarning soni bilangina hayratga solmoqchi emas. Ular orasida rekord darajadagi – 18 000 mA/soatlik akkumulyatorga ega smartfon ham bo‘ladi. Bundan tashqari, kompaniya allaqachon qayishqoq ekranli, kamerasi korpus ichidan chiquvchi buklama smartfon ham tayyorlabdi – uniyam MWC 2019’da ko‘rsatmoqchi.

Energizer brendi ostidagi telefon va smartfonlarni Avenir Telecom kompaniyasi ishlab chiqarmoqda. Ular to‘rtta turkumda taqdim etiladi: Ultimate – flagman apparatlar, Power Max – akkumulyatori baquvvat smartfonlar, Energy – tugmachali telefonlar, Hardcase – himoyalangan tugmachali telefonlar.

O‘QING: 16000 mA/soatlik akkumulyatorga ega Energizer Power Max P16K Pro’ning ilk suratlari