MWC 2020'ning eng yaxshi smartfoni nomi ma’lum qilindi

MWC 2020'ning eng yaxshi smartfoni nomi ma’lum qilindi

COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq murakkab epidemiologik vaziyat eng yirik mobil ko‘rgazma MWC 2020'ning bekor qilinishiga olib keldi. Bunday holat oxirgi 33 yil ichida birinchi marta sodir bo‘ldi. Biroq, ishlab chiqaruvchilar yangi mahsulotlarning premerasidan voz kechishmayapti va Barselonada namoyish qilinishi rejalashtirilgan qurilmalarni asta-sekin e’lon qilishmoqda.

Bundan tashqari, ko‘rgazma tashkilotchilari e’tirofga loyiq bo‘lgan kompaniyalar va mahsulotlarni mukofotsiz qoldirmaslikka qaror qilishdi. Shunday qilib, «MWC 2020'ning eng yaxshi smartfoni» unvoni OnePlus 7T Pro'ga nasib etdi. Ushbu nomga da’vogarlar orasida Huawei P30 Pro, iPhone 11 Pro va Samsung Galaxy Fold'lar bor edi, ammo hakamlar hay’ati OnePlus flagmanini afzal ko‘rdi.Ekspertlar OnePlus 7T Pro'ning afzalliklari orasida yuqori tezlikni, yaxshi dasturiy ta’minot va tezkor zaryadlash texnologiyasini qayd etishdi. Ularning fikriga ko‘ra, texnologik nuqtai nazardan, ushbu qurilma eng maqbulidir. Shuningdek, smartfon cho‘ntakbop narxdaligi ham e’tiborli.

Eslatib o‘tamiz, OnePlus 7T Pro 90Hz chastotali, 6,67 dyuym diogonalga ega, 3120 × 1440 o‘lchamli Fluid AMOLED displey, sig‘imi 4 085 mA/soat akkumulyator, 30 vattlik tezkor Wrap Charge quvvatlagich, reolyusiyalari 48 MP+8 MP+16 MP bo‘lgan uchta kamera, Snapdrgaon 855+ chipi va OxygenOS 10 qobiqli Android 10'ga ega.

O‘QING: One plus 7T Pro DxOMark'dan sinovdan o‘tdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.