«My Uztelecom» mobil ilovasini yuklab oling!

  •   DiMaX
  •  15785
  •  19.02.2019 10:46

«My Uztelecom» mobil ilovasini yuklab oling!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi Uzmobile va Uzonline abonentlari uchun «My Uztelecom» ilovasini taqdim etdi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy sayti xabar bermoqda.

O‘QING: 1 martdan telekommunikatsiya xizmatlari narxlari o‘zgarmoqda!

«My Uztelecom» – kompaniyaning xizmatlaridan foydalanish  uchun  oson va qulay bo‘lgan rasmiy mobil dasturdir. Smartfoningizga uni o‘rnatish orqali siz uyingizdagi simli internet holati haqida ma’lumot olishingiz hamda mobil aloqa xizmatlaridan oson, tez va qulay foydalanishingiz mumkin.

«My Uztelecom» sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • Uzonline shaxsiy kabinetingizni ulash:

- trafik qoldig‘ini tekshirish;

- shaxsiy kabinetga kirish;

- Kompaniyaning tarif rejalari va yangiliklar bilan tanishish.

  • Uzmobile uyali aloqa xizmatlarini boshqarish:

- hisob bo‘yicha trafik qoldig‘ini tekshirish;

- yangi xizmatni yoqish yoki boshqa xizmatni o‘chirish;

- tarif rejalarini o‘zgartirish va mavjud tarif reja haqida ma’lumot olish;

- SMS, Internet va ovozli paketlarni xarid qilish.

«My Uztelecom» mobil ilovasini iOS tizimli gadjetlarga mana bu, Android tizimli devayslarga esa mana bu havolalar orqali o‘rnatib olish mumkin.

O‘QING: O‘zbekistonda internet tezlashgani sezilmaganining sababi aytildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!