Mytech.Uz – keng assortimentdagi tovarlar va xizmatlar takliflari!

  •   DiMaX
  •  1899
  •  05.04.2017 10:03

Mytech.Uz – keng assortimentdagi tovarlar va xizmatlar takliflari!

XXI asr – internet texnologiyalari, onlayn biznes pallasida O‘zbekistonda ham internet-do‘konlar faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilmoqda. Shulardan biri Mytech.Uz savdo kompaniyasi bo‘lib, u 2010 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Saytning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi – Toshkent shahridagi iste’molchilar uchun elektron texnika va maishiy jihozlarni tanlash va xarid qilish ishlarini osonlashtirishdan iboratdir. Bundan tashqari, mazkur onlayn do‘konda iste’molchilarga keng assortimentdagi tovarlar, jumladan, smartfon, noutbuk va maishiy texnika jihozlari va xizmatlar taklif etiladi. Mytech mutaxassislari sayt tashrifchilariga yordam va maslahat berishdan hamisha mamnunlar.

Shuningdek, kompaniya xususiy tadbirkorlar, xususiy korxonalar va davlat tashkilotlari bilan ham hamkorlik qiladi. Tovarlarni naqd pul va naqd pulsiz xarid qilish imkoniyatlari mavjud. Ushbu onlayn do‘konda savdoga qo‘yilgan barcha tovarlar tegishli kafolatga ega ekanligini ham ta’kidlash lozim.

Ayni damda saytda quyidagi toifalarga mansub tovarlar savdoga qo‘yilgan:

o Audiotexnika

o Video va fototexnika

o Maishiy texnika jihozlari

o O‘yin pristavkalari

o Maishiy konditsionerlar

o Kompyuter texnikasi

o Oshxona texnikasi

o Noutbuklar

o Ofis texnikasi

o Xotira tashuvchilari

o Planshetlar

o Tarmoq, internet jihozlari

o Televizorlar

o Telefonlar

o Muzlatgichlar

Onlayn do‘konda tovarlar ishonchli, narxlari esa hamyonbop. Masalan, asosiy va old kameraga ega, ikkita SIM-kartali, 4G tarmog‘ida ishlaydigan Samsung Galaxy J1 Dual Sim (J1 ace) smartfonini ayni kunlarda ushbu internet-do‘kondan 1 097 400 so‘m evaziga xarid qilishingiz mumkin.

Yoki, Acer Aspire ES1-533/2048-Cel DC rusumli noutbuk mazkur saytda 2 557 500 so‘mga taklif qilinadi. Intel® Celeron DualCore N3350 protsessori asosida ishlovchi, 2048 MB tezkor xotira hamda 500 GB hajmli HDD diskka ega, Intel HD Graphics 500 videokartaga ega noutbuk uchun bu juda yaxshi narx.

Agarda telefon va noutbuk oralig‘idagi jihoz – planshet xarid qilish niyatingiz bo‘lsa, i-Life WTAB804 rusumli planshetni Mytech internet-do‘konida 1 674 000 so‘m narxda olishingiz mumkin. Metall korpusli mazkur qurilma 3G tarmog‘ida ishlaydi; asosiy va old kameraga, Wi-Fi, Bluetooth, GPS va A-GPS, tegishli datchiklar, akselerometr va FM-tyunerga ega. Tag‘in, mazkur tovarni xarid qilganingizda, sovg‘a sifatida 16 Gb hajmli Transcend USB-fleshkasi yoki 8 Gb hajmga ega SunDisk Micro SD-kartasi ham qo‘shib beriladi.

Barcha turdagi tovarlarning narxlarini ko‘rish uchun saytga o‘tishingiz mumkin. Qulay jihati – to‘lovlarni xuddi shu narxda bank plastik kartasi orqali yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirish imkoniyati mavjud. Mazkur marketdan xarid qilingan tovarlarning xaridorlarga yetkazilishi uch xil shaklda tashkil etilgan: xaridorning o‘zi olib ketishi; bepul eltib berish; pulli eltib berish.

Shuningdek, saytda maishiy xizmatlar hamda kompyuter xizmatlari yo‘nalishlarida takliflar mavjud.

Onlayn do‘konning sayti yengil, qulay va ko‘zga yoqimli dizaynga ega. Unda tovarlar va xizmatlar takliflari katalog tarzida joylangan. Ushbu katalog hamda qidiruv maydonchasi saytning har bir sahifasida, ko‘zga ko‘rinarli yerda joylashtirilganligi esa saytga tashrif buyurgan mijoz uchun katta qulaylik taqdim etadi. Bulardan tashqari, saytda zamonaviy texnologiyalarga, kompaniyaning faoliyatiga oid yangiliklar ham berib boriladi.

Xullas, uydan yoki ofisdan chiqmasdan turib biror tovarga yoki xizmatga buyurtma berish uchun Mytech.Uz savdo kompaniyasining onlayn do‘koni juda qulay yechim hisoblanadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!