Myunxendagi maxfiy uchrashuv: Huawei nega xakerlarning har biriga 200 000 yevrogacha va’da qildi?

  •   DiMaX
  •  1230
  •  18.11.2019 13:11

Myunxendagi maxfiy uchrashuv: Huawei nega xakerlarning har biriga 200 000 yevrogacha va’da qildi?

ITHome nashrining Azeria nikli blogerga tayanib yozishicha, xitoylik texnogigant kuni kecha Myunxen shahrida maxfiy uchrashuv o‘tkazgan. Huawei unga mashhur xakerlarni hamda mobil qurilmalar xavfsizligi bo‘yicha tadqiqotchilarni chaqirgan ekan.

O‘QING: Oy guvohligida "tungi duel": Xiaomi Mi CC9 Pro vs Huawei P30 Pro

Mazkur tadbirda Huawei o‘zining yangi rag‘batlantirish dasturini e’lon qildi. Uning doirasida kompaniya smartfonlarida xavfsizlik «tirqish»larini topgan mutaxassislarga mukofotlar bermoqchi. Bu yerda gap bozorga chiqqan modellardan tashqari, endi chiqariladigan smartfonlarga ham tegishli.

Huawei bu borada o‘ta saxiylik ko‘rsatmoqda: topilgan zaiflikning qanchalik jiddiyligiga qarab, xakerlarga u 1000 yevrodan tortib 200 000 yevrogacha mukofot va’da qilgan!

Xitoylik gigantning bunday yo‘l tutishiga sabab bor, albatta: u shu yo‘l bilan turli mamlakatlar hukumatlariga o‘z smartfonlarining xakerlar hujumidan qanchalik himoyalanganligi, o‘z gadjetlarining naqadar himoyalangan ekanligini namoyish etmoqchi.

O‘QING: Huawei Mate 30 5G flagmanlari savdoga chiqib, 1 daqiqadayoq 1 milliardlik sotildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!