Namoyish qilinmagan Galaxy A52 5G kutilganidan ham arzon narxda do‘konlarga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  7122
  •  13.03.2021 15:33

Namoyish qilinmagan Galaxy A52 5G kutilganidan ham arzon narxda do‘konlarga chiqdi!

Yaqindagina Samsung navbatdagi Galaxy Unpacked tadbirini e’lon qildi. Ushbu marosimning asosiy qahramonlari Galaxy A52 hamda Galaxy A72 smartfonlari bo‘lishi aytilmoqda. Lekin allaqachon...

O‘QING: EKSKLYuZIV: Hali taqdim etilmagan Galaxy A52 5G smartfonini anboksing videosida to‘liq tomosha qiling!

Endi bo‘lsa Samsung Galaxy A52 5G modeli Yevropadagi riteylerlarning rasmiy onlayn do‘konlarida ham paydo bo‘ldi. Avvalroq tarqalgan xabarlarda ushbu smartfonning 6/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega varianti 459 yevrodan boshlanuvchi narxda sotilishi aytilgan edi.

Lekin onlayn savdo maydonchalarida mazkur smartfonni bundan arzonroq narxlarda chiqara boshlashdi. Masalan, Amazon internet-do‘konining Germaniya sho‘’basida uning uchun 449 yevro miqdorida narx belgilashgan:

Skrinshotning yuqori o‘ng burchagiga qarasangiz, smartfonni tezkor yetkazib berish muddati 19 martdan boshlanishiga guvoh bo‘lasiz.

O‘QING: Galaxy A32 4G taqdim qilindi: 5G-versiyadan arzon, lekin unisidan ham zo‘r!

Polshadagi internet-do‘konlardan birida esa Galaxy A52 5G modelini 1899 zlotiy evaziga taklif qilishmoqda, bu esa taxminan 415 yevroga to‘g‘ri keladi!

Lekin baribir Yevropada bu smartfon birmuncha qimmat; yaqinda Saudiya Arabistonidagi do‘konlardan birida Galaxy A52 5G modeli 365 yevroga teng keluvchi narx bilan paydo bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bu hamda Galaxy A72 smartfonlari beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llamaydigan – tegishlicha Galaxy A52 4G va Galaxy A72 4G talqinlarida ham chiqadi. Har ikkala smartfonning 5G-versiyalari Snapdragon 750G chipseti, 4G-versiyalari esa Snapdragon 720G protsessori bazasiga qurilgan.

O‘QING: Galaxy A52 4G hamda A52 5G: narxlari, farqlari va umumiy jihatlari