Namoyishidan avval anboksing videosida Realme Watch 2 texnik jihatlari bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  528
  •  29.04.2021 16:06

Namoyishidan avval anboksing videosida Realme Watch 2 texnik jihatlari bilan tanishing!

Oppo korporatsiyasining RealMe brendi bultur mayda Realme Watch rusumli aqlli soatini namoyish etgan edi. Kompaniya allaqachon uning ikkinchi avlodini ham tayyorlab ulgurdi, ammo taqdimot kunini hali aytmayapti.

O‘QING: «Eng chidamlilar uchun»: avtonomligi naq bir yilgacha boruvchi aqlli soat chiqdi! (+video)

Kompaniya hali taqdim etib ulgurmagan Realme Watch 2 aqlli soati allaqachon YouTube-blogerlardan birining qo‘liga yetib kelibdi. Smartvotchning ilk anboksing videosida vloger uning dizayni hamda texnik xususiyatlarini batafsil ko‘rsatib bergan.

Ushbu aqlli soat kvadrat shaklidagi korpusga hamda keng romli 1,4 dyuymlik displeyga ega. Realme Watch 2 o‘ng qirrasida uning yagona moddiy tugmachasi joylashgan, korpusning orqa tomonida, optik pulsometr yonida qonda kislorod miqdorini aniqlovchi pulsoksimetr datchigi ham bor. Mazkur aksessuar jismoniy mashqlarning 90 xil rejimini qo‘llab-quvvatlaydi va uyqu sifatini monitoring qilish funksiyasiga ega.

Bu devays yordamida smartfondagi musiqani boshqarish, kiruvchi bildirshnomalar va boshqa ma’lumotlarni ko‘rish mumkin. Realme Watch 2 avtonomligiga 305 mA/soatlik akkumulyator mas’ul – uning to‘la quvvati qurilmaning 12 kungacha ishlashiga yetadi.

Realme Watch 2 korpusi IP68 standartiga ko‘ra suv va chang kirishidan himoyalangan; quvvatlash kabeliga u maxsus magnitli qistirgichlar yordamida ulanadi. Bloger soatning o‘lchamlarini ham aytib o‘tgan: silikon tasmachasi bilan birgalikda 257,6x35,7x12,2 millimetr. Ishlab chiqaruvchi hozircha bu mahsulotining taqdimot sanasi va narxini aytmayapti.

O‘QING: Redmi Watch ortidan uning yanada arzon, IP68-himoyali va avtonomligi yuqori raqibi chiqdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!