Namoyishidan avval POCO M3 Pro 5G videosi va global narxlari chiqdi

  •   DiMaX
  •  2910
  •  19.05.2021 12:07

Namoyishidan avval POCO M3 Pro 5G videosi va global narxlari chiqdi

Xiaomi korporatsiyasi 2020 yilning 24 noyabrida quvvati 5 kunga yetuvchi nostandart smartfon – Poco M3 modelini taqdim etgan edi. Bugun – 19 may kuni Poco brendi endi uning beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi Pro-versiyasini namoyish qiladi.

O‘QING: Poco brendi ostidagi 185 dollarlik 5G-smartfon tayyor!

Rasmiy taqdimot marosimidan oldin Xiaomi Poco M3 Pro 5G modelining anboksing (ilk bor qadog‘i ochilib, gadjetning o‘zi ishlatilib «jonli» ko‘rsatilgan) videosi tarmoqqa chiqdi. Ishlab chiqaruvchi maqtanganidek, ushbu qurilma o‘ziga xos dizaynga ega.

Ko‘rib turganingizdek, POCO M3 Pro 5G smartfoni asosiy moduli 48 megapiksellik bo‘lgan uchtalik kameraga ega. Qurilmaning 90 gerslik ekranida IPS-matritsa qo‘llangani bois daktiloskop displeyga emas, balki korpusning yon qirrasiga o‘rnatilgan.

O‘QING: Atigi 100 dollarlik shu yangi smartfonning daktiloskopi qayerida, deb o‘ylaysiz?

Smartfonning 5000 mA/soatlik akkumulyatori 18 vattlik tezkor quvvatlana oladi va shunday zaryadchiq qadoq jamlanmasiga kiritilgan. POCO M3 Pro 5G apparat ta’minotining asosini MediaTek Dimensity 700 protsessori tashkil etadi.

Hindistonlik ishonchli insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) esa allaqachon mazkur modelning Yevropa bozoriga mo‘ljallangan narxlarini ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, global bozorda uni tezkor/doimiy xotirasiga ko‘ra ikki xil modifikatsiyada sotishadi:

Ya’ni, POCO M3 Pro 5G modeli 20 maydan sotuvga chiqadi va 26 maygacha maxsus – arzonlashtirilgan narxlarda sotiladi: 4/64 gigabaytligi – 159 yevro (keyin 199 yevro), 6/128 gigabaytligi esa – 199 yevro (keyin 229 yevro).

Aytish kerakki, Redmi Note 10 5G modeli ham Yevropada ayni shunday narxlarda sotilmoqda. Buning ajablanarli joyi yo‘q: mazkur smartfonlar texnik jihatlariga ko‘ra bir xil.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 10'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.