Nanoteri va yuqori darajadagi suvga chidamlilik

Nanoteri va yuqori darajadagi suvga chidamlilik

Xiaomi 13 smartfonlari qachon taqdim qilinishi rasman ma'lum bo'ldi. Endilikda smartfon ishlab chiqaruvchisi o'zining bo'lajak flagmanlari haqidagi ma'lumotlarni birma-bir ochiqlamoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Xiaomi o'zining yangi avlod flagmanlarini "nanoteri" texnologiyasi bilan jihozlaydi, ya'ni smartfonlarning orqa tomoni teri material bilan qoplangan bo'ladi. Teri qoplangan smartfon qo'lda boshqacha seziladi yoxud bunday smartfonlar qo'ldan sirpanib tushib ketavermaydi. Biroq, uzoq foydalanishdan so'ng ular kir bo'lib, sarg'ayib ketishi turgan gap. Ammo kompaniyaning ta'kidlashicha, Xiaomi 13 smartfonlarida qo'llaniladigan teri material texnologiyasi eskirish, rang o'zgarishi va kirdan himoya qiladi.

Qo'shimchasiga, kompaniya Xiaomi 13 seriyasi IP68 suvga chidamlilik standartiga javob bera olishini ma'lum qildi.

Insayder Ice Universe o'z Twitter sahifasida bo'lajak Xiaomi 13 smartfonining old tomoni suratini ko'rsatdi. Undan ma'lum bo'lishicha, smartfon "jag'i" atigi 1.81 mm bo'ladi. Taqqoslash uchun hozirgi Galaxy S22 smartfoni ekranining pastki qora chegarasi qalinligi 1.95 millimetrni tashkil qiladi.  

Bundan avvalroq, Xiaomi 13 tekis, Xiaomi 13 Pro esa yon tomonlari egilgan ekranga ega bo'lishi ma'lum bo'lgan edi. Xiaomi 13 seriyasi rasman 1-dekabr kuni taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Oppo Reno9 va Reno9 Pro smartfonlari chiqarildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.